Qozoğiston nefti ortilgan tankerlar Ukraina hujumiga uçradi
Keça, 19 iyul kuni Qora dengiz akvatoriyasidagi Kaspiy quvur konsortsiumi (KTK) dengiz terminalida yuklaş operatsiyalari amalga oşirilayotgan vaqtda Qozoğistonda qazib olingan neftni yuklayotgan ikkita tanker – ASIA va NISSOS IOS Ukraina dronlari hujumiga uçradi. Tankerlar bortida xalqaro ekipajlar bölgan. Uşbu voqea yuzasidan Qozoğiston Energetika hamda Taşqi işlar vazirliklari bayonot berdi.
Qayd etilişiça, hujum oqibatida kemalarda yonğin kelib çiqqan va u tezkorlik bilan öçirilgan. Qozoğiston Energetika vazirligi xabariga köra, kemalarga qilingan hujumlar oqibatida jabrlanganlar yöq. Masofaviy priçal qurilmalari (VPU-1 va VPU-3) şikastlanmagan. Akvatoriyaga neft tökilişiga yöl qöyilmagan.
“Hozirgi vaqtda hodisa oqibatlarini baholaş yakunlangunga qadar terminalda neft yuklaş vaqtinça töxtatildi. Neft jönatiş qayta tiklanişi haqidagi qöşimça malumotlar işning borişiga qarab taqdim etiladi.
Qozoğiston Respublikasi Energetika vazirligi muhim energetika infratuzilmasining sof fuqarolik obektlariga nisbatan bunday hujumlarni mutlaqo qabul qilib bölmas deb hisoblaydi.
Xalqaro energetika infratuzilmasi obektlariga har qanday kuç işlatiş global energetika xavfsizligiga xavf tuğdiradi, energiya resurslarining uzluksiz xalqaro savdosi mexanizmlarini buzadi va loyiha iştirokçilarining iqtisodiy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi”, deyiladi Qozoğiston Energetika vazirligi bayonotida.
Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi ham dronlar hujumini keskin qoralagan.
“Bu kabi hujumlarni Qozoğiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga yöl qöyib bölmaydigan tajovuz, şuningdek, qonuniy xalqaro savdoni, jahon energiya bozorlarini va global transport-logistika taminot zanjirlari xavfsizligini beqarorlaştirişga qaratilgan maqsadli harakatlar deb baholaymiz.
KTK terminallarida neft yuklaş maqsadida Qora dengiz akvatoriyasiga kiradigan fuqarolik kemalari töğrisida ilgari barça manfaatdor tomonlar tomonidan kelişilgan malumot almaşiş mexanizmining qasddan etiborsiz qoldirilgani va bu fuqarolik kemalari ekipajlarining hayoti hamda xavfsizligini xavf ostiga qöygani bizda alohida xavotir uyğotmoqda”, deyiladi TIV bayonotida.
Bayonotda qayd etilişiça, Qozoğiston “hujumlarni zudlik bilan töxtatişni va Qozoğiston uglevodorod xomaşyosi eksporti infratuzilmasi xavfsizligini taminlaş uçun har tomonlama çoralar körişni talab qiladi”.
“Şerik mamlakatlarni uşbu hujumlarni keskin qoralaşga çaqiramiz va barça manfaatdor tomonlarni amaliy çora-tadbirlar işlab çiqişga taklif etamiz. Biz faqat xalqaro huquq normalariga qatiy rioya qilişgina bu kabi hodisalar takrorlanişining oldini olişga imkon beradi, degan fikrdan kelib çiqamiz.
Hozirgi vaqtda Qozoğiston Respublikasi yetkazilgan zararni har tomonlama baholaş işlarini olib bormoqda. Uning natijalariga köra, Qozoğiston öz qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uçun xalqaro huquqda nazarda tutilgan barça mexanizmlardan foydalaniş, jumladan, yetkazilgan zararni qoplaş talablarini ilgari suriş huquqini özida saqlab qoladi.
Qozoğiston Respublikasi mojarolarni tinç yöl bilan hal etişning muqobili yöqligini takidlaydi, xalqaro huquq tamoyillariga, kema qatnovi erkinligiga hamda xalqaro transport-logistika va energetika yönalişlarining işonçli faoliyat yuritişini taminlaşga sodiqligini tasdiqlaydi”, deyiladi Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi bayonotining davomida.
Eslatib ötamiz, 2026 yilning 13 yanvarida Qora dengizda dronlar Kaspiy quvur konsortsiumining dengiz terminali tomon harakatlanayotgan uçta Qozoğiston tankeriga hujum qilgan edi. Öşanda ham Qozoğiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi uşbu masala yuzasidan bayonot bilan çiqqandi.