Qozoğiston nefti rekord darajada arzonlaşdi
12-02-2026, 09:10
65 марта

Qozoğiston nefti rekord darajada arzonlaşdi
Kaspiy quvur konsortsiumi (KQK) orqali eksport qilinadigan Qozoğistonning CPC Blend turidagi nefti taşqi bozorlarda bir barrel uçun 5 dollargaça çegirma bilan sotilmoqda. Bu 2022 yil oxiridan buyon eng yomon körsatkiç hisoblanadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Malum qilinişiça, CPC Blend neftining jozibador narxi unga bölgan talabning oşişiga sabab bölgan, şuning uçun past narxlar uzoq saqlanib qolmagan. Narxlarning pasayişi asosan Qozoğiston neftining asosiy xaridorlari yetkazib berişdagi uzilişlardan xavotir olib, vaqtinça boşqa neft turlariga ötib ketgani bilan boğliq.
Sönggi oylarda KQK orqali Qozoğiston neftini jönatiş bir neça bor töxtatilgan. Bunga Ukraina dronlarining hujumlari, noqulay ob-havo, yuklaş terminalidagi tamirlaş işlari hamda yanvar oyida Tengiz konidagi generator yonğini ortidan işlab çiqarişning qisqarişi sabab bölgan.
“Reuters” malumotiga köra, fevral oyida Tengiz konidan neft eksporti rejaning atigi 35 foizini taşkil etişi mumkin. Bu esa Energetika vaziri Erlan Akkenjenovning oyning boşiga kelib işlab çiqariş töliq tiklanişi haqidagi avvalgi bayonotlariga zid. Yanvar oyida esa umumiy eksport hajmi rejaning qariyb yarmiga teng bölgan.
KQK orqali yetkazib berişdagi uzilişlar sabab yanvar oyida Kaşagan konidan olingan neftning bir qismi ilk bor içki bozorga yönaltirilgan. Odatda Qozoğiston neft eksportining 80 foizi KQK hissasiga töğri keladi. Quvurga Tengiz, Kaşagan va Karaçaganak konlaridan xomaşyo kelib tuşadi.