Özbekistonda anomal issiq havo ortidan rekord örnatildi
Joriy yilning iyul oyi örtalarida Özbekistonda kuzatilgan ekstremal issiq havo oqibatida respublikaning qator hududlarida yangi harorat rekordlari qayd etildi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Qayd etilişiça, havo harorati bosqiçma-bosqiç kötarilib, respublikaning aksariyat hududlarida eng yuqori körsatkiç joriy yilning 18–19 iyul kunlariga, şimoli-ğarbiy hududlarda esa 16–18 iyul kunlariga töğri kelgan.
Mazkur davrda respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati 43–45 daraja, janubiy va çöl hududlarida esa 46–49 darajagaça kötarilgan.
Özgidrometga köra, kuzatilgan haroratlar Özbekiston hududida meteorologik kuzatuvlar olib borilgan davr mobaynida qayd etilgan mutlaq maksimum körsatkiçlarga juda yaqinlaşgan. Ayrim hududlarda esa yangi harorat rekordlari örnatilgan.
Jumladan, Nurafşonda havo harorati 44 darajani taşkil etib, 1983 yilda qayd etilgan 42,7 darajalik rekord yangilangan. Buxoroda 46,9 daraja (avvalgi rekord — 46,2 daraja, 2005 yil), Navoiyda 46,5 daraja (45,9 daraja, 2021 yil), Samarqandda 43,6 daraja (42,4 daraja, 1983 yil), Arnasoyda 46,5 daraja (44 daraja, 2021 yil), Şahrisabzda 44,9 daraja (44,6 daraja, 2021 yil), Sariosiyoda 43,8 daraja (43,2 daraja, 2021 yil) qayd etilgan.
Şuningdek, Andijonda 43 daraja, Namanganda 44,2 daraja, Popda 43 daraja, Farğonada 43,9 daraja, Quvada esa 42,5 daraja qayd etilib, avvalgi mutlaq maksimumlar ortda qoldirilgan.
Toşkent şahrida esa keça, 19 iyul kuni havo harorati 44,3 darajani taşkil etgan. Bu körsatkiç poytaxtda 1997 yil 18 iyul kuni qayd etilgan mutlaq maksimumdan atigi 0,3 daraja past bölgan.
Bundan taşqari, Farğona vodiysi viloyat markazlarida maksimal harorat böyiça rekordlar uşbu davrda 2–3 marta yangilangani qayd etilgan.
Mutaxassislar uşbu ekstremal issiqni termik depressiya tasiri bilan izohlagan. Unga köra, Eron hududi ustida yuqori troposferada kuçli baland bosim tizmasi şakllanib, uning tarkibidagi nihoyatda issiq havo massasi şimoli-şarq tomonga siljigan. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari hududida bulutlilik keskin kamayib, quyoş radiatsiyasi kuçaygan va yer yuzasining qizişi hisobiga havo harorati favqulodda yuqori qiymatlarga yetgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda bu hafta kunduzi havo harorati 32–37 darajagaça, ayrim joylarda esa 30 darajagaça tuşişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.