USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm USD: 11,938 so'm EUR: 13,769 so'm RUB: 142 so'm GBP: 16,108 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 26 so'm TRY: 250 so'm AED: 3,251 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi

145 марта
Rossiya poytaxtida taksi haydovchilari uchun majburiy imtihon joriy qilindi: ular test topshirib, shahardagi muhim ob’yektlar joylashuvi haqidagi bilimlarini ko‘rsatishi kerak. Bu testdan o‘tmay turib kira qilishga chiqqanlar jarimaga tortiladi. 2023 yilda Moskvada taksichilik qilayotgan o‘zbekistonliklar soni 5 mingga yaqin ekani aytilgandi.


Rossiya poytaxti Moskva shahrida taksi haydovchilari davlat, transport, ijtimoiy va boshqa muhim ob’yektlar joylashuvi haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazuvchi testni topshirishi shart. 

Imtihondan o‘tmasdan taksichilik qilganlarga 5 ming rubl jarima xavf soladi. Shu mazmundagi qonun Moskva meri Sergey Sobyanin tomonidan imzolandi.

Test 20 daqiqa davom etadi va uni muvaffaqiyatli topshirish uchun to‘qqizta savoldan sakkiztasiga to‘g‘ri javob berish kerak.

Test doirasida taksi haydovchilarining Moskva transport infratuzilmasi, madaniy meros ob’yektlari, tibbiyot muassasalari, ta’lim va sport inshootlari, davlat va shahar hokimiyati binolari, shuningdek, ularga boradigan yo‘nalishlar, favqulodda vaziyatlarda harakatlar, yo‘lovchilar va yuklarni yo‘lovchi taksilarida tashish qoidalari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. Test bepul va olingan sertifikat ikki yil davomida amal qiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: