AQŞ talaba vizasini oliş qoidalarini kuçaytiradi — Politico
28-05-2025, 14:03
103 марта

Hujjatga köra, Amerika elçixonalari va konsulliklariga talabalar hamda almaşinuv dasturlari vizalari (F, M va J toifalari) uçun yangi suhbatlarni ötkazişni vaqtinça töxtatiş topşirilgan. Uşbu qaror ijtimoiy tarmoqlarni majburiy tekşirişni kengaytirişga tayyorgarlik köriş doirasida qabul qilingan.
Taşabbus amaliyotga joriy etilsa, viza beriş jarayonini ança sekinlaştirişi va xorijlik talabalar hisobiga daromad oladigan köplab universitetlarga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Avvalroq AQŞ prezidenti ma’muriyat ijtimoiy tarmoqlarni tekşiriş böyiça ba’zi talablarni joriy qilgan edi. U Isroilning Ğazodagi amaliyotiga qarşi namoyişlarda iştirok etişda gumonlangan talabalarga nisbatan joriy etilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda aynan nimalar tekşirilişiga aniqlik kiritilmagan. Hujjatda terrorizm va antisemitizmga qarşi kuraşga qaratilgan farmonlar tilga olingan.
Davlat departamentidagi köplab xodimlar tekşiruvlar böyiça avvalgi körsatmalarning noaniqligidan şikoyat qilgan. Masalan, X ijtimoiy tarmoğida Falastin bayroği tasvirining e’lon qilinişi arizani qöşimça körib çiqiş uçun asos bölişi mumkinmi yoki yöqligi tuşunarsiz