USD: 11,809 so'm ▼ EUR: 13,404 so'm ▼ RUB: 142 so'm ▲ GBP: 15,691 so'm ▲ CNY: 1,761 so'm ▼ KZT: 27 so'm ▼ TRY: 241 so'm ▼ AED: 3,215 so'm ▼ USD: 11,809 so'm ▼ EUR: 13,404 so'm ▼ RUB: 142 so'm ▲ GBP: 15,691 so'm ▲ CNY: 1,761 so'm ▼ KZT: 27 so'm ▼ TRY: 241 so'm ▼ AED: 3,215 so'm ▼

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin tinchlik uchun Gʻarbdan yozma kafolat istayapti – OAV

89 марта
Putin tinchlik uchun Gʻarbdan yozma kafolat istayapti – OAV


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatib, tinchlikka erishishga tayyor, biroq bu – har qanday kichik narx evaziga amalga oshmaydi. Bu haqda Kremlga yaqin manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Nashrning uch nafar rossiyalik manbasiga ko‘ra, Putin Gʻarb davlatlaridan yozma kafolat olishni istamoqda – xususan, NATO sharqqa kengaytmasligi haqida. Bu degani, Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq SSSR respublikalarining NATOga a’zoligi qat’iy ravishda istisno qilinishi lozim.
Rossiya tomoni tinchlik bitimi shartlari sifatida quyidagilarni ilgari surmoqda:
Ukrainaning neytral maqomini tan olishi;
Rossiyaga nisbatan ba’zi sanksiyalarning bekor qilinishi;
Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha masalaning hal etilishi;
Ukraina hududidagi rus tilida so‘zlashuvchi aholining huquqlarini himoya qilish.

Qolversa, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tayotgan XIII xalqaro uchrashuvda Ukraina tomonidan neytral, harbiy bloklarga qo‘shilmaydigan va yadro qurolidan xoli maqomni qayta tiklashni Rossiyaning asosiy talablaridan biri sifatida qayd etgan. 

Lavrov, shuningdek, Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojьye hududlarining Rossiyaga tegishli ekanligini xalqaro tan olinishi muhim shart ekanini aytgan. U Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligi, 1990 yilgi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq neytral maqomini tasdiqlashi, “neonasistik rejim” oqibatlarini bartaraf etishi va ozchilik millatlarning huquqlarini tiklashi kerakligini ham ta’kidlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: