Özğur Özel yangi partiya tuzişini elon qildi
Turkiyaning asosiy muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasining (ÇP) sud qarori bilan lavozimidan çetlatilgan sobiq raisi Özğur Özel partiyadan rasman çiqişi va yangi siyosiy partiya tuzayotganini malum qildi. Bu haqda u bugun, 21 iyul kuni parlamentdagi partiya deputatlari oldida qilgan nutqida söz oçdi.
“Bugun biz qayğuli, ammo muqarrar va vaqti kelgan xayrlaşuv arafasida turibmiz. Biroq xalqimizga şuni aytmoqçimizki, biz yangi boşlaniş umidini özimiz bilan olib ketyapmiz”, degan Özğur Özel parlamentdagi çiqişida.
Şuningdek, u yangi partiya tuzilayotganini elon qilgan va ertagayoq birinçi qadam taşlanişini bildirgan.
“Biz yangi partiya tuzmoqdamiz. Barça texnik protseduralar yakunlangaç, yangi siyosiy kuçni rasman tasis etamiz. Ertagayoq birinçi qadamni taşlaymiz. Bugun uşbu minbar bilan xayrlaşar ekanmiz, biz aslo boş muxolifat partiyasining minbarini tark etayotganimiz yöq”, deydi u.
Malumot uçun, joriy yilning may oyida Turkiya sudi Jumhuriyat xalq partiyasining 2023 yilgi qurultoyini haqiqiy emas deb topgan edi. Öşa quriltoyda Özğur Özel partiya raisi etib saylangan bölib, sud qarorda saylov jarayonida qonunbuzarliklar bölganini asos qilib körsatgan.
Şundan söng, sud qarori bilan partiyaning sobiq rahbari, 2023 yilgi prezidentlik saylovida Rajab Toyib Erdöğanga mağlub bölgan Kamol Qiliçdoröğli yana JXP raisi lavozimiga tiklangan.
Turli xorij OAVlariga köra, bu qaror Erdöğan muxoliflariga qarşi misli körilmagan bosim kuçaygan bir paytda qabul qilingan.
Eslatib ötamiz, 2025 yilning avgust oyida Erdöğan Turkiyadagi asosiy muxolifat Özğur Özelga qarşi 1 million turk lirasi (taxminan 24,5 ming AQŞ dollari) miqdorida manaviy zarar tölaş talabi bilan sudga davo arizasi bergan edi. Mamlakat rahbari bunga sabab qilib Özelning Istanbuldagi mitingda mart oyida korruptsiya ayblovi bilan hibsga olingan Ekrem Imomöğlining qamoqqa olinişi uçun aybni Erdöğanga yuklaganini keltirgan.