USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyadagi NATOga qarşi namoyişlarda yuzlab kommunistik partiya vakillari uşlandi

75 марта
Туркиядаги НАТОга қарши намойишларда юзлаб коммунистик партия вакиллари ушланди

Turkiyaning poytaxti Anqara şahrida bölib ötadigan NATO sammiti arafasida ötkazilgan alyansga qarşi namoyişlarda 100 dan ortiq kişi qölga olindi. Bu haqda Turkiya Kommunistik partiyasi (TKP) xabar qildi.

Partiya 7-8 iyul kunlari Turkiya poytaxtida bölib ötişi rejalaştirilgan NATO sammiti oldidan 5 iyul kuni Anqarada NATOga qarşi ommaviy miting ötkazişga çaqirgan. Ular özining dastlabki murojaatida NATOni taşkil etilganidan beri butun dunyo xalqlariga uruş va vayronagarçilik keltirgan taşkilot sifatida tariflagan va sammit Turkiyani NATOning harbiy va siyosiy kun tartibiga yanada integratsiya qilişini takidlagan. 

“NATO ölim va şarmandalik demakdir. Hayot, mustaqillik va sotsializm abadiy bölsin”, degan TKP fuqarolarni Anqaradagi Tandoğan maydonida töplanişga çaqirib.

Turkiya Kommunistik partiyasi bayonotiga köra, Anqara markazidagi Qizilay maydonida ötkazilgan yuriş çoğida partiyaning 100 dan ortiq azosi, jumladan rahbar xodimlari ham qölga olingan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda bayroq kötargan namoyişçilar “Qotil NATO, mamlakatdan çiq!”, “NATOga yöl yöq!” kabi şiorlarni aytgani aks etgan. Namoyişni tarqatiş uçun politsiya közdan yoş çiqaruvçi gazdan foydalangan.

Qayd etilişiça, Istanbulda ham Kommunistik partiya taşkil etgan alohida aktsiyada yuzlab odamlar Taksim maydonidan Dolmaboğçagaça yuriş qilgan. Şuningdek, Kadikyoy tumanida söl qanot guruhlari tomonidan yana ikki namoyiş ötkazilgan. Istanbulda politsiya kuçaytirilgan tartibda xizmat qilgan bölsa-da, töqnaşuvlar qayd etilmagan.

“Bugun Turkiyaning turli hududlarida NATOga qarşi norozilik bildiriş uçun yiğildik. Biz Anqarani NATO tarafdorlariga topşirmasligimizni, poytaxt sukut saqlaşiga yöl qöymasligimizni aytgan edik. Bu vadamizni bajardik”, degan Turkiya Kommunistik partiyasi boş kotibi Kamol Okuyan.

Hukumat hozirça namoyişlar yoki qölga olişlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan. 

Turkiyadagi kurdparvar DEM partiyasi hamraisi Tunjer Bakirxon va asosiy muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi (ÇP)ning sud tomonidan tayinlangan rahbari Kamol Qiliçdoröğli bu harakatlarni qattiq tanqid qilgan.

“NATO sammitini bahona qilib, butun mamlakat deyarli hibsxonaga aylantirildi. Biz rasman elon qilinmagan harbiy holatga öxşaş kunlarni boşdan keçirmoqdamiz”, deb yozgan Bakirxon X ijtimoiy tarmoğida.

Turkiya prokuraturasi esa avvalroq mazkur operatsiyalar terrorçilik guruhlari faoliyatini foş etişga qaratilganini bildirgan, ammo ularning NATO sammiti bilan boğliqligini tasdiqlamagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq, 7-8 iyul kunlari Anqarada ötadigan NATO sammitida alyansga azo 32 davlat rahbarlari hamda hamkor mamlakatlar vakillari iştirok etişi xabar qilingandi. 

Sammit oldidan poytaxtda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Namoyişlar taqiqlanib, şaharning katta qismi tösiqlar bilan öralgan va qator yöllar yopilgandi. Turkiya huquq-tartibot idoralari sammit arafasida Anqarada ötkazilgan terrorizmga qarşi reydlar davomida 225 kişini uşlagan, şulardan 103 nafari hibsga olingan edi.

Xabarlarga köra, keça, 5 iyul kuni esa mamlakatning turli hududlarida ötkazilgan yana bir qator terrorizmga qarşi reydlarda 39 kişi, jumladan mustaqil OAV jurnalistlari, faollar va akademiklar ham qölga olingan.
 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: