USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş taqiqlandi

64 марта
Францияда болаларга ижтимоий тармоқлардан фойдаланиш тақиқланди

Frantsiya parlamenti 2027 yil yanvardan boşlab 15 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlovçi qonunni qabul qildi. Şu tariqa, Frantsiya Yevropada bunday çeklovni joriy etgan birinçi davlatga aylandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qonunga köra, mamlakat hududida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqçi bölgan barça foydalanuvçilar öz yoşini tasdiqlaşi şart böladi. Mazkur taşabbus bolalar ruhiy salomatligini himoya qiliş va ularni internetdagi zararli kontentdan asraş maqsadida işlab çiqilgan.

Qayd etilişiça, Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron uşbu qarorni qöllab-quvvatlab, uni yoşlar xavfsizligini taminlaş yölidagi muhim qadam sifatida baholagan.

Qonun ikki bosqiçda kuçga kiradi. Joriy yilning sentyabridan boşlab 15 yoşga tölmagan şaxslar yangi ijtimoiy tarmoq akkauntlarini oçolmaydi hamda yangi foydalanuvçilar uçun yoşni tasdiqlaş majburiy böladi. 2027 yil yanvardan esa uşbu talab barça mavjud akkauntlarga ham tatbiq etiladi. Natijada Frantsiyadagi barça foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş uçun kamida 15 yoşga tölganini tasdiqlaşi kerak böladi.

Qonun kuçga kirgaç, Meta, TikTok, Snapçat va X kabi platformalar Frantsiya maxfiylik böyiça regulyatori tasdiqlagan yoşni tekşiriş tizimlaridan foydalanişadi.

Biroq qonun yuzasidan tanqidlar ham mavjud. Mutaxassislar yoşni tekşiriş tizimlarining işonçliligi, şaxsiy malumotlar xavfsizligi hamda voyaga yetmaganlarning taqiqni çetlab ötiş ehtimoli borasida xavotirda. Şuningdek, ayrim siyosatçilar qonun juda qisqa muddatda işlab çiqilgani va qabul qilinganini takidlamoqda.

Frantsiya raqamli texnologiyalar vaziri Ann Le Xenanff esa bu etirozlarga javoban yoşni tasdiqlaş texnologiyalari allaqaçon mavjudligi va ularni amaliyotga joriy etiş imkoniyati yetarli ekanini malum qilgan.

Malumot uçun, Frantsiya mazkur çeklovni joriy etgan dunyodagi ikkinçi davlat böldi. Avvalroq Avstraliya 16 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlagan edi. Malumotlarga köra, taqiq kuçga kirganidan keyin ham 16 yoşgaça bölgan har 10 nafar bolaning 7 nafari turli yöllar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda davom etgan.

Ğarbiy Avstraliyadagi Kertin universiteti professori Tama Liverning fikriça, Avstraliya tajribasi texnik jihatdan kutilgan natijani bermagan bölsa-da, bunday çeklovni amalda joriy etiş mumkinligini körsatgan. Uning aytişiça, yoşlar bunday qarorlarni işlab çiqiş jarayoniga jalb etilişi lozim.

Professorning fikriça, Frantsiyada barça foydalanuvçilar uçun yoşni tasdiqlaş majburiy etib belgilangani qonunning samarali işlaş ehtimolini oşiradi.

“Barça foydalanuvçilar uçun yoşni tasdiqlaş talabi joriy etilgani sababli, Frantsiyadagi tizim Avstraliyanikiga qaraganda samaraliroq işlaşi mumkin. Biroq bu şaxsiy hayot daxlsizligi bilan boğliq xavflarni ham yuzaga keltiradi. Bundan taşqari, bunday çeklov yoşlarni kamroq nazorat qilinadigan onlayn platformalarga ötişga undaşi, ularning yangiliklardan xabardor bölişi hamda fuqarolik va siyosiy jarayonlardagi iştirokiga salbiy tasir körsatişi mumkin”, degan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya hukumati 14 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişini çeklaş masalasini körib çiqayotgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: