Zelenskiy Fedorovga yangi rahbarlik lavozimini taklif qildi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq Mudofaa vaziri Mixaylo Fedorovga mamlakatning texnologik salohiyatini birlaştiriş va uni yanada rivojlantiriş imkonini beradigan rahbarlik lavozimini taklif qildi. Bu haqda Prezident keça, 21 iyul kuni elon qilingan keçki murojaatida malum qildi.
“Bugun men Mixaylo Fedorov bilan ham uçraşdim. Unga mamlakatimizning texnologik salohiyatini birlaştiriş va uning keyingi rivojlanişini taminlaş imkonini beradigan munosib rahbarlik lavozimini taklif qildim”, degan Zelenskiy.
Prezidentning aytişiça, Mudofaa vaziri vazifasini vaqtinça bajaruvçi Yevgeniy Xmaraning xavfsizlik sohasidagi tajribasi, jangovar yutuqlari, texnologik natijalari hamda Alpha bölinmasining uzoq masofali zarba beriş amaliyotlari davlat boşqaruvi tizimida aynan zarur bölgan salohiyatni namoyon etmoqda.
Şuningdek, Zelenskiy barça ukrainaliklarning maqsadi bitta ekanini takidlagan.
“Barçamizning istagimiz bitta – duşman ustidan ğalaba qozoniş va frontda hamda Rossiyaga bosim ötkaziş orqali uni tinçlikka majbur qiladigan şaroitni yaratiş. Ertaga uşbu qarorlarning barçasini rasmiylaştiramiz. Ukraina bu vaziyatdan yanada kuçliroq çiqişi kerak, Rossiya uçun esa vaziyat yanada murakkablaşadi”, deya qöşimça qilgan u.
Mixaylo Fedorovning istefosi Ukraina böylab norozilik namoyişlariga sabab bölgan.
Hozirça Zelenskiy Fedorovga aynan qaysi lavozim taklif qilinganiga aniqlik kiritmagan. Biroq Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyakning malum qilişiça, u harbiy texnologiyalar böyiça Boş vazir örinbosari yoki Prezidentning uşbu yönalişdagi maslahatçisi bölişi mumkin. Deputatning qayd etişiça, Fedorov bu taklifga hali rozilik bermagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Zelenskiy Boş vazir Yuliya Sviridenkoni bir yil işlaganidan söng lavozimidan ozod qilgandi. Şuningdek, u davlatning energetika kompaniyasi rahbarini Boş vazir lavozimiga tavsiya qilgan. Bundan taşqari, Zelenskiy uruşning hal qiluvçi bosqiçida Mudofaa vaziri Mixaylo Federovni ham işdan olgan. Şu bilan birga Zelenskiy mamlakat Qurolli kuçlari Boş qömondoni Aleksandr Sirskiyni lavozimidan ozod etib, uning örniga general-mayor Mixaylo Drapatiyni tayinlagan.