Lavrov Rubio bilan uçraşib, Ukraina masalasini gaplaşdi
Bugun, 23 iyul kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan Maniladagi ASEAN yiğilişi doirasida ötkazilgan muzokaralardan söng Vaşington Ukrainadagi uruşni tugatişga kömaklaşiş uçun “konstruktiv rol” öynaşga tayyorligiça qolayotganini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Rubioning aytişiça, AQŞ Prezidenti Donald Tramp imkoniyat paydo bölsa, Vaşington “manosiz uruş”ni tugatişga kömaklaşişga tayyorligini aniq bildirgan. Uning sözlariga köra, AQŞ bu pozitsiyani Moskvaga ham yetkazgan, ammo muzokaralar çoğida Rossiyaning pozitsiyasiga baho berişdan tiyilgan.
“Yaxşi va oçiq muloqot böldi”, degan Rubio Lavrov bilan uçraşuv haqida.
Şu bilan birga, u muhokama qilingan masalalar tafsilotlarini oçiqlaşdan boş tortgan.
“Prezident aniq aytganidek, Qöşma Ştatlar manosiz uruşni tugatişga yordam beriş uçun konstruktiv rol öynaşga tayyor va biz bunga tayyormiz”, degan Rubio.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, Lavrov Rossiyaning mojaroni siyosiy va diplomatik yöl bilan hal qilişga tayyorligini yana bir bor tasdiqlagan. Şuningdek, u Moskva 2025 yil avgust oyida Alyaskada Prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin uçraşuvida ilgari surilgan takliflarga sodiq qolişini Rubioga malum qilgan.
Rubio uruş katta yöqotişlarga sabab bölganini, jumladan, tinç aholi qurbonlari va Rossiyaning Kiyevga zarbalariga işora qilgan. Uning bildirişiça, Rossiya ham, Ukraina ham uruşni tugatişdan manfaatdor, ammo asosiy muammo har ikki tomon qabul qila oladigan yeçimni topiş bölib qolmoqda.
“Bu juda qonli uruş, deb öylayman. Menimça, har ikki tomonda ham uni tugatiş uçun manfaat bölişi kerak. Muammo şundaki, har ikki tomon qabul qila oladigan yeçimni topiş oson emas. Biz bunga urinib kelyapmiz va örta yölni topişga urinişda davom etamiz”, degan AQŞ Davlat kotibi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 may kuni Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio telefon orqali suxbatlaşib, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgandi.