Qozoğistonda neft qazib oliş ikki baravarga kamaydi – “Reuters”
Qozoğiston neftining asosiy eksport yönalişi bölgan Kaspiy quvur konsortsiumi (KQK) Qora dengiz terminalining dronlar hujumiga uçragani ortidan mamlakatda neft qazib oliş keskin qisqardi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, qazib oliş eng keskin tuşib ketgan joy mamlakatning eng yirik koni – Amerikaning Çevron kompaniyasi boşçiligidagi konsortsium tomonidan özlaştirilayotgan Tengiz koni bölgan. Manbalardan birining sözlariga köra, keça, 22 iyul kuni u yerda qazib oliş ikki baravardan ham köproqqa – iyul oyidagi örtaça 925 ming barrelga nisbatan kuniga taxminan 406 ming barrelgaça kamaygan. Qozoğistonda umumiy neft va gaz kondensati qazib oliş 22 iyul kuni iyul oyidagi örtaça 2,07 mln barreldan kuniga 1,63 mln barrelgaça tuşgan.
Qozoğiston Energetika vazirligi ham neft qazib oliş hajmi qisqarganini tasdiqlagan. Vazirlikning aniqlik kiritişiça, KQK dengiz terminalida yuk ortiş operatsiyalari vaqtinça töxtatilgan, şundan söng mamlakatda “kunlik qazib oliş darajasini nazorat qilinadigan tarzda tuzatiş (kamaytiriş)” amalga oşirilgan.
Qozoğiston neft eksportining 80 foizdan ortiği töğri keladigan KQK Rossiyaning Qora dengiz sohilidagi terminali yaqinida tankerlarga qilingan hujumlar sababli yuk ortişni vaqtinça töxtatdi. Şu sababli Qozoğistondan neft qabul qiliş ham töxtatildi. Rossiya konsortsium tankerlariga berilgan zarbalarda Ukrainani ayblab, uning “jahon neft bozorlaridagi vaziyatni yanada beqarorlaştirişga intilayotganini” bildirdi. Oxirgi oylarda Rossiya energetika infratuzilmasiga zarbalarni kuçaytirgan Ukraina esa hujumlarga izoh bermagan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 iyul kuni dronlar Novorossiysk yaqinidagi KQK dengiz terminali va ikkita tankerga hujum qildi. Konsortsium sodir bölgan voqeani “terrorçilik hujumi” deb atadi va bu uning obektlariga qilingan beşinçi hujum ekanini malum qildi. KQK Qozoğistonning Tengiz, Qaşağan va Qaraçağanaq konlaridan neft taşiydi. 2025 yilda terminal orqali taxminan 70,5 mln tonna neft ötkazilgan. KQK quvuri orqali dunyo neftining deyarli 2 foizi eksport qilinadi.