USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Italiya Mudofaa vaziri yaqinda işdan böşatilgan Fedorovni öziga maslahatçi bölişga çaqirdi

76 марта
Италия Мудофаа вазири яқинда ишдан бўшатилган Федоровни ўзига маслаҳатчи бўлишга чақирди

Italiya Mudofaa vaziri Guido Krozetto Ukrainaning lavozimidan ozod etilgan sobiq mudofaa vaziri Mixaylo Fedorovga özining maslahatçisi sifatida işlaşni taklif qildi. Bu haqda u “la Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida malum qildi.

Qayd etilişiça, Guido Krozetto Ukrainaning yaqinda lavozimidan çetlatilgan sobiq mavqeidoşi Mixaylo Fedorovga Italiyada öz maslahatçisi sifatida işlaşni taklif qilganini aytgan.

“U lavozimidan ozod etilganining ertasi kuni qönğiroq qilib: “Qaçon Rimga kelib, men bilan maslahatçi sifatida işlaşni xohlaysan?” deb söradim”, degan Krozetto gazetaga bergan intervyusida.

Fedorovning qanday javob qaytargani haqidagi savolga Krozetto u “hayajonlanganini” va bu taklifni “hurmat va döstlik ifodasi” sifatida qabul qilganini aytgan.

Krozetto Fedorovni harbiy innovatsiyalar sohasidagi yetakçi şaxs sifatida maqtab, u “jangovar maydondagi öyin qoidalarini butunlay qayta yozgan insonlardan biri” ekanini takidlagan. Uning aytişiça, Fedorov Ukrainaga Rossiya bosqiniga qarşi turiş va keyinçalik yangi texnologiyalar orqali jangovar amaliyotlarni özgartiriş hisobiga taşabbusni qölga olişda yordam bergan.

Malumot uçun, 35 yoşli, texnologiyalarga ixtisoslaşgan islohotçi sifatida tanilgan Mixaylo Fedorov Ukrainada dronlar imkoniyatlarini oşiriş va mudofaa sohasida islohotlarni ilgari surişdagi xizmati uçun qöllab-quvvatlovçilar tomonidan yuqori baholangan. 

Eslatib ötamiz, Fedorov şu oyda mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgandi va bu qaror Ukrainada uruş davridagi kamsonli norozilik namoyişlariga sabab bölgandi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy unga boşqa lavozimlarni taklif qilgan, ammo Fedorov avvalgi vazifasidan boşqa heç qanday davlat lavozimini qabul qilmasligini bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: