Jinsiy tegajoğlikda ayblangan Karim Xon işdan haydaldi
Xalqaro jinoiy sud (XJS) boş prokurori Karim Xon jinsiy tegajoğlik ayblovlari sababli lavozimidan çetlaştirildi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti xabar berdi.
Qayd etilişiça, keça, 24 iyul kuni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida ötkazilgan şoşilinç majlisda Xalqaro jinoiy sudga azo davlatlar jinsiy tegajoğlik ayblovlari bilan boğliq intizomiy suriştiruvdan söng prokuror Karim Xonni işdan böşatgan.
2021 yilda azo davlatlar tomonidan sud prokurori lavozimiga töqqiz yillik muddatga saylangan Xonni lavozimidan çetlaştiriş haqidagi qaror 125 ta azo davlat örtasida ötkazilgan yopiq ovoz beriş çoğida köpçilik ovoz bilan qabul qilingan.
“Assambleya 82 ta azo davlatning köpçilik ovozi bilan prokuror Karim Xon jiddiy qilmiş va öz majburiyatlarini jiddiy ravişda buziş sodir etgan degan qarorga keldi... va uni lavozimidan çetlaştirdi”, deb elon qilgan Assambleya raisi.
Eslatib ötamiz, 2024 yilda Karim Xonga qarşi nojöya xatti-harakatlar böyiça ayblovlar ilgari surilgan edi. 2024 yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud BMTning Içki nazorat xizmati tomonidan taşqi tergov ötkazilişini söragan edi. 2025 yil may oyida Xonning lavozimidan vaqtinça çetlaştirilgani elon qilindi.
BMT bilan hamkorlik töğrisidagi bitimga ega bölgan Xalqaro jinoiy sud sönggi yillarda bir qator şov-şuvli hibsga oliş orderlarini, jumladan, 2023 yilda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni va 2024 yilda Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olişga order bergan edi. Yaqin orada Xalqaro jinoiy sud Assambleyasi yangi prokurorni saylaşi kerak böladi.