Tramp Eron uruşining keyingi bosqiçi böyiça uçta variantni körib çiqmoqda
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan mojaroning keyingi rivoji böyiça 3 ta variantni muhokama qilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
Naşrga köra, Oq uyda quyidagi 3 ta variant muhokama qilinyapti:
- Eronga qarşi harbiy harakatlarni yanada kuçaytiriş;
- Tehronga nisbatan yangi iqtisodiy sanktsiyalar joriy etiş orqali bosimni oşiriş;
- AQŞ uruşdagi maqsadlariga erişganini elon qilib, mojarodan çiqiş.
Qayd etilişiça, uşbu masalalar sönggi haftalarda Tramp iştirokida ötgan yopiq yiğilişlarda muhokama qilingan. Uçraşuvlarda AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens, Mudofaa vaziri Pit Hegset, Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi raisi general Den Keyn, Trampning kuyovi Jared Kuşner hamda prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff qatnaşgan.
Malum qilinişiça, mojaro beş oydan beri davom etayotganiga qaramay, AQŞ öz oldiga qöygan asosiy maqsadlarga erişa olmagan. Xususan, Vaşington “ustun harbiy kuç” yordamida Erondagi siyosiy hokimiyatni özgartirişga muvaffaq bölmagan.
Eslatib ötamiz, AQŞ va Eron örtasidagi navbatdagi keskinlik joriy yilning 8 iyul kuni AQŞning Eron hududiga bergan zarbalari ortidan boşlangan. Vaşington bu hujumlarni Hormuz böğozida tijorat kemasiga uyuştirilgan hujumga javob sifatida izohlagan.
Öşa kuni Donald Tramp Eron bilan amal qilib kelgan öt oçişni töxtatiş rejimi yakunlanganini elon qilgan. Şundan söng Tehron Bahrayn, Quvayt, Birlaşgan Arab Amirliklari, Qatar va Iordaniyadagi AQŞ harbiy obektlariga zarbalar bergan.
Joriy yilning 24 iyul kuni tomonlar özaro zarbalarni töxtatgan. Biroq “The New York Times” malumotlariga köra, Oq uy hozirça mojaroni qanday yöl bilan davom ettiriş böyiça yakuniy qarorga kelmagan va uçala stsenariy ham amalda körib çiqilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronga yangi miqyosda zarbalar berişni keyinga surgani haqida xabar berilgan edi.