Uruş kengaymoqda: AQŞ va Saudiya birgalikda Iroqdagi Eronga yaqin guruhlarni bombaladi
AQŞ va Saudiya Arabistoni Eron qöllab-quvvatlaydigan Iroqdagi qurolli guruhlarga birgalikda zarba berdi. Bu AQŞ Prezidenti Donald Tramp ötgan hafta Eronga qarşi hujumlarni töxtatganidan keyin Yaqin Şarqda amalga oşirilgan ilk AQŞ havo hujumi böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Iroq xavfsizlik tizimi tarkibiga kiruvçi, ammo Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Xalq safarbarlik kuçlari malumotiga köra, AQŞ va Saudiyaning mamlakatdagi bir neçta bazaga bergan zarbalari oqibatida kamida 20 nafar jangçi halok bölgan, 32 nafari yaralangan.
Mosul şahrida halok bölganlarning jasadlari şifoxonadan olib çiqilayotgan vaqtda yiğilganlar “Amerikaga ölim!” degan şiorlar bilan çiqiş qilgan. Vaşington va Ar-Riyod uşbu zarbalar Saudiyaning neft obektlariga Iroq hududidan uyuştirilgan dron hujumlariga javob sifatida amalga oşirilganini bildirgan.
Bu Tramp ötgan hafta 13 kun davom etgan Eronga qarşi havo kampaniyasini töxtatganidan keyin AQŞning mintaqadagi birinçi yirik harbiy amaliyoti böldi.
Şuningdek, bu uruş davomida Saudiya Arabistoni birinçi marta AQŞ bilan birgalikda zarbalarda iştirok etganini rasman elon qildi. Tahlilçilar fikriça, bu sunniy Saudiya Arabistonining Eronning şia ittifoqçilariga qarşi yangi frontda töqnaşuvga jalb qilinişi orqali mojaroni yanada kengaytirişi mumkin.
Iroq hukumati esa favqulodda yiğiliş çaqirgan. Mamlakat Prezidenti mamuriyati uşbu hujumlarni “Iroq suverenitetining oçiqdan-oçiq buzilişi” deb baholagan. Şu bilan birga, qöşni davlatlarga qarşi qurolli guruhlar hujumlarini ham töxtatişga çaqirgan.
Eron AQŞ va Saudiya hujumlarini AQŞ hamda Isroilning uruşni butun mintaqaga yoyişga qaratilgan urinişi deb atagan. Eronga yaqin “Hizbulloh” guruhi esa AQŞ va Saudiya “oğir badal tölaydi”, deya tahdid qilgan.
Yamandagi Eronga yaqin husiylar harakati esa ötgan hafta Qizil dengiz orqali Saudiya neft eksportini blokada qilişini elon qilib, kemalar va neft obektlariga hujumlar uyuştirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” manbalariga tayanib, Quvayt va Bahrayn Eron hududidagi obektlarga yaşirin havo zarbalarini bergani haqida yozgandi.