USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroilda saylov oldidan yangi yahudiy-arab partiyasi paydo böldi

105 марта
Исроилда сайлов олдидан янги яҳудий-араб партияси пайдо бўлди

Isroilda taşkil etilgan yangi yahudiy-arab siyosiy partiyasi joriy yil oktyabr oyida bölib ötadigan parlament saylovlari oldidan yoş saylovçilarni jalb qilişga urinmoqda. Biroq tahlilçilarning fikriça, uşbu partiya ozçilik arablarning Boş vazir Binyamin Netanyaxu va uning öng qanot hukumatini hokimiyatdan çetlatiş imkoniyatini yanada zaiflaştirişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Isroil fuqaroligiga ega, ammo kelib çiqişi falastinlik bölgan arablar mamlakat aholisining taxminan beşdan bir qismini taşkil etadi. Biroq ular ananaviy ravişda yahudiy saylovçilarga nisbatan kamroq ovoz beradi.

Qayd etilişiça, yangi “A Place for Us All” (“Hammamiz uçun joy”) partiyasi tinçlik va ijtimoiy tenglikni tarğib qiluvçi çap qanotdagi “Standing Together” harakati rahbarlari tomonidan taşkil etilgan. Partiya iyun oyida iş boşlagan bölib, 27 oktyabrdagi parlament saylovlarida iştirok etişni rejalaştirmoqda.

Bu 2023 yil 7 oktyabrdagi HAMAS hujumi va Ğazo uruşi ortidan ötkaziladigan ilk umummilliy saylov böladi. Yangi partiya yahudiylar va arablar birligini tarğib qiliş orqali mamlakat tarixidagi eng öng qanot hukumatini almaştirişni maqsad qilgan.

Partiya hamrahbari Alon-Li Grinning aytişiça, ular siyosiy tizimda özini çetda his qilayotgan va saylovlarda iştirok etmayotgan yoşlarga murojaat qilmoqçi.

Isroildagi ozçilik arablar uzoq yillardan buyon özlariga nisbatan ikkinçi darajali munosabat körsatilayotganidan şikoyat qilib keladi. Ular hozirgi hukumat davrida bu muammolar yanada kuçayganini takidlamoqda. Jumladan, arablar yaşaydigan hududlarda mablağ ajratiş yetarli emasligi va zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar soni rekord darajaga yetgani qayd etilmoqda.

2022 yilgi saylovlarda arab saylovçilarning atigi 53,2 foizi ovoz bergan bölsa, yahudiylar örtasida bu körsatkiç qariyb 75 foizni taşkil etgan. Tahlilçilar fikriça, aynan şu farq Netanyaxuning yana hokimiyatga qaytişiga yordam bergan.

Hozirda törtta asosiy arab partiyasi arab saylovçilar ovozini birlaştiriş uçun yana ittifoq tuzişga harakat qilmoqda. Isroil qonunçiligiga köra, partiya parlamentga kirişi uçun kamida 3,25 foiz ovoz töplaşi kerak.

Tahlilçilarning takidlaşiça, yangi partiya uşbu çegaradan öta olmasa, arab saylovçilarining ovozlari parçalanib ketişi va ularning parlamentdagi vakilligi yanada kamayişi mumkin. Isroil Demokratiya instituti eksperti Arik Rudnitskiyning fikriça, bu kabi partiyaga berilgan har bir ovoz arab jamiyati uçun yöqotilgan ovozga aylanişi mumkin.

Alon-Li Grin esa partiyaning maqsadi mavjud elektoratni böliş emas, balki ilgari ovoz bermagan yangi saylovçilarni jalb qiliş ekanini aytgan. Şuningdek, u partiya boşqa siyosiy kuçlar bilan birlaşiş ehtimolini ham muhokama qilayotganini, ammo saylov tösiğidan öta olmasligi malum bölsa, saylovda iştirok etmasligini bildirgan.

Arab siyosiy partiyalari rahbarlari esa yangi siyosiy kuçning parlamentga kiriş imkoniyati past deb hisoblamoqda. Hozirda arab partiyalari Knessetdagi 120 örindan 10 tasini egallab turibdi. Ular 2015 va 2020 yillarda yagona röyxat orqali qatnaşganida eng yuqori natijalarga erişgan edi. Biroq bu safar tört partiyadan faqat uçtasi birlaşişga muvaffaq bölgan. Taal partiyasi rahbari Ahmad Tibiyning aytişiça, asosiy maqsad arab partiyalarini yagona röyxat atrofida birlaştiriş bölib qolmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: