Isroil parlamenti Ğarbiy sohilni anneksiya qilişga rozilik berdi
23-10-2025, 16:18
84 марта

Isroil parlamenti Ğarbiy sohilni anneksiya qilişga rozilik berdi
Keça, 22 oktyabr kuni Isroil parlamenti bosib olingan Ğarbiy sohilga Isroil qonunlarini tatbiq etiş töğrisidagi qonun loyihasini dastlabki ovoz berişda maqulladi. Bu harakat anneksiya bilan teng deb baholanmoqda.Bu ovoz beriş qonunni qabul qiliş uçun zarur bölgan tört bosqiçning birinçisidir va u AQŞ vitse-prezidenti Jeyms Devid Vensning Isroilga taşrifi bilan bir vaqtga töğri keldi. Bu taşrif AQŞ Prezidenti Donald Tramp Isroilga Ğarbiy sohilni anneksiya qilişga ruxsat bermasligini aytganidan bir oy ötgaç amalga oşdi.
Boş vazir Binyamin Netanyaxu rahbarlik qilayotgan “Likud” partiyasi uşbu qonun loyihasini qöllab-quvvatlamadi. Loyiha hukumat koalitsiyasi tarkibiga kirmagan deputatlar tomonidan ilgari surildi va 120 deputatdan 25 nafarining “ha”, 24 nafarining “yöq” ovozi bilan qabul qilindi.
Oppozitsiya partiyalaridan biri taklif qilgan va Maale Adumim yahudiy posyolkasini anneksiya qilişni közda tutuvçi ikkinçi qonun loyihasi esa 31–9 natija bilan maqullandi.
Netanyaxu koalitsiyasidagi bazi azolar – Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir rahbarlik qilayotgan “Yahudiy kuçi” partiyasi va Moliya vaziri Betsalel Smotriç boşçilik qilayotgan “Diniy sionizm” fraktsiyasidan bölgan deputatlar uşbu qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Qonunning töliq kuçga kirişi uçun uzoq qonunçilik jarayoni talab etiladi.