Yonayotgan Turkiya: mamlakatda örmon yonğinlari sabab yuzlab fuqarolar evakuatsiya qilindi
Keça, 29 iyul kuni Turkiyaning Muğla, Antaliya, Balikesir va Çanoqqala viloyatlarida bir vaqtning özida yuzaga kelgan örmon yonğinlari sabab avtomobil yöllari yopildi, şifoxona, qariyalar uyi va yuzlab fuqarolar evakuatsiya qilindi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.
Muğlaning Seydikemer tumanida qişloq xöjaligi yerlarida boşlangan yonğin qisqa vaqt içida örmonga tarqalgan. Viloyat hokimligining malumotiga köra, yonğinni öçiriş işlariga 835 nafar xodim, 5 ta samolyot, 18 ta vertolyot, 93 ta maxsus yonğin öçiriş maşinasi va boşqa texnikalar jalb etilgan.
Yonğin xavfi sabab 121 ta uy, 202 nafar fuqaro hamda Seydikemer davlat şifoxonasi evakuatsiya qilingan. Şifoxonadagi 45 nafar bemor Fethiyadagi tibbiyot muassasalariga köçirilgan. Şuningdek, hududda elektr taminoti uzilgan, Seydikemer – Antaliya avtomobil yöli esa vaqtinça transport harakati uçun yopilgan.
Balikesirning Edremit tumanidagi Altinoluk mahallasida Antandros qadimiy şahri yaqinida boşlangan yonğin ham aholi yaşaş punktlariga yaqinlaşgan. Ayrim yozgi uylar ehtiyot çorasi sifatida böşatilmoqda. Bundan taşqari, Ayvalik va Havran tumanlarida ham yangi yonğinlar qayd etilgan.
Antalyaning Kumluja tumanidagi Yazir mahallasida boşlangan yonğin kuçli şamol sababli tez tarqalgan. Oqibatda Antalya – Kumluja yönalişidagi D-400 avtomobil yöli ikki yönalişda ham yopilgan. Mahalliy hokim Bahodir Gүneşning malum qilişiça, mahalladagi uylar bosqiçma-bosqiç evakuatsiya qilinmoqda. Aholi va sayyohlar jandarmeriya kuzatuvida xavfsiz hududlarga olib çiqilgan.
Turkiya Qişloq va örmon xöjaligi vazirligi Antaliyaning Kaş va Aydin viloyatining Nazilli tumanidagi yonğinlarning kuçi pasaytirilganini, biroq ularni töliq nazoratga oliş işlari davom etayotganini bildirgan. Vazirlikka köra, Muğla Seydikemer, Antaliya Kumluja hamda Balikesirning Edremit va Gömeç tumanlaridagi yonğinlarni öçiriş işlari hamon davom etmoqda.
Şuningdek, Çanoqqalaning Ayvajik tumani va viloyat markazi yaqinidagi Sarijaeli qişloğida ham örmon yonğinlari yuz bergan. Ayvajikdagi yonğinga 5 ta vertolyot va önlab maxsus texnikalar jalb etilgan bölsa, Sarijaelidagi yonğin sabab qişloqdagi xususiy qariyalar parvariş markazi ehtiyot çorasi sifatida evakuatsiya qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiya va Ispaniyadagi eng kuçli yonğinlar fonida evakuatsiya qilinganlarning umumiy soni 300 ming kişidan oşgani haqida xabar berilgan edi.