Turkiyaning 9 viloyatida örmon yonğinlari avj oldi (fotoreportaj)
Turkiyaning 9 viloyatida yuzaga kelgan örmon yonğinlarini öçiriş işlariga 3 514 nafar xodim, 23 ta samolyot, 54 ta vertolyot va 1 035 ta maxsus texnika jalb etildi. Bu haqda “A Haber” xabar berdi.
.png)
(1).png)
Qayd etilişiça, eng murakkab vaziyat Muğla, Antaliya, Balikesir va Izmir viloyatlarida kuzatilmoqda. Muğlaning Seydikemer tumanida kuçli şamol tasirida keng hududga tarqalgan yonğin sabab 408 ta uy ehtiyot çorasi sifatida evakuatsiya qilingan. Şuningdek, Seydikemer davlat şifoxonasidagi 45 nafar bemor yaqin atrofdagi şifoxonalarga köçirilgan.
(2).png)
(2).png)
Yonğinni öçiriş işlariga 25 ta havo texnikasi, 410 ta quruqlik texnikasi va 1 141 nafar xodim jalb etilgan. Antaliya viloyatining Kumluja va Qaş tumanlarida ham yonğinlarga qarşi kuraş davom etmoqda. Kumlujada olov aholi yaşaş joylariga yaqinlaşgani sabab 50 ta uy ehtiyot çorasi sifatida böşatilgan.
(3).png)
(4).png)
Şu bilan birga, Balikesirning Edremit–Oltinoluk va Gyomeç tumanlari, şuningdek, Izmir viloyatidagi yonğinlarni öçiriş işlari ham davom etmoqda. Turkiya Qişloq va örmon xöjaligi vaziri Ibrohim Yumaklining malum qilişiça, Çanoqqala, Yalova, Oydin, Kutahya va Manisa viloyatlaridagi yonğinlar nazorat ostiga olingan.
(5).png)
.jpg)
“Keçadan buyon mamlakatimiz böylab yuz bergan 115 ta yonğinga qarşi kuraş olib bormoqdamiz. Şundan 69 tasi örmon hududlaridan taşqarida yuz berdi. Keça asosan nazorat ostiga olinganini malum qilganimiz Balikesirning Edremit, Çanoqqalaning Ayvajik va Antaliyaning Kumluja tumanlaridagi yonğinlar endi töliq nazorat ostiga olindi“, deydi Yumakli.
(6).png)
(7).png)
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Muğla, Antaliya, Balikesir va Çanoqqala viloyatlarida bir vaqtning özida yuzaga kelgan örmon yonğinlari sabab avtomobil yöllari yopilgani, şifoxona, qariyalar uyi va yuzlab fuqarolar evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.