Şimoliy Koreya AQŞning Yaponiyadagi harbiy qömondonligi kengaytirilişini tanqid qildi
Şimoliy Koreya AQŞning Yaponiyadagi harbiy qömondonligi kengaytirilayotganini tanqid qilib, Koreya yarimorolida qurolli töqnaşuv yuz berişi endi ehtimol emas, balki vaqt masalasi ekanini bildirdi. Bu haqda Şimoliy Koreya Davlat axborot agentligi (KCNA) keça, 30 iyul kuni elon qilgan maqolasida söz boradi.
Maqolada AQŞ Qurolli kuçlarining Yaponiyadagi qömondonligi ştabi şaxsiy tarkibining köpaytirilişi uni tölaqonli “uruş qömondonligi”ga aylantirayotgani takidlangan. Şuningdek, Vaşington Yaponiyaning Özini özi mudofaa qiliş kuçlarini Osiyo–Tinç okeani mintaqasidagi ehtimoliy mojaroga tayyorlayotganlikda ayblangan.
Bu bayonot AQŞ Qurolli kuçlarining Yaponiyadagi qömondoni general-leytenant Stiven Jostning “Asahi” gazetasiga bergan intervyusidan keyin yangragan. Uning aytişiça, qömondonlikning boş ştabidagi şaxsiy tarkib sönggi bir yilda 215 nafarga köpaytirilib, qömondonlik vazifalarini kuçaytiriş va AQŞ ittifoqçilari bilan muvofiqlaşuvni yaxşilaş maqsad qilingan.
KCNA sönggi vaqtlarda AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya örtasidagi harbiy hamkorlik mintaqadagi keskinlikni kuçaytirganini bildirgan. Agentlikka köra, Koreya yarimorolida mojaro yuz bersa, AQŞning Yaponiyadagi qömondonligi u yerga birinçi bölib yuboriladigan qöşimça kuçlardan biri böladi.
Şuningdek, tahririy maqolada Vaşington “harbiy avantyurizm”da ayblanib, aynan şu siyosat Şimoliy Koreyaning yadroviy salohiyatini tiyib turiş vositasi sifatida rivojlantirişini oqlaşi aytilgan.
Bu KCNA tomonidan joriy oyda AQŞ, Yaponiya va Janubiy Koreyani tanqid qilgan törtinçi maqola hisoblanadi. Şimoliy Koreya rasmiylari ham bir neça marta uşbu uç davlatning harbiy hamkorligi va Pxenyan “duşmanona siyosat” deb atayotgan harakatlarini qoralab çiqqan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In mamlakatning raketa dasturini modernizatsiya qiliş va Janubiy Koreya bilan çegaradagi öt oçiş qudratini kuçaytiriş doirasida ötkazilgan muhim qurol-yaroğ sinovlarini şaxsan kuzatgan edi.