Şimoliy Koreya NATO sammitini qoralab, yadrosizlaniş AQŞ ittifoqçilaridan boşlanişi kerakligini bildirdi
Şimoliy Koreya bugun, 11 iyul kuni AQŞ va uning ittifoqçilarini NATO sammitidan keyin harbiy bloklarni mustahkamlaş va qurollaniş poygasini tezlaştirayotganlikda aybladi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vazirligining davlat milliy axborot agentligi orqali tarqatgan bayonotida aytildi.
Vazirlikka köra, NATO harbiy xarajatlarni oşiriş va Osiyo–Tinç okeani mintaqasidagi ittifoqçilari bilan harbiy hamkorlikni kengaytiriş orqali bloklar örtasidagi qarama-qarşilikka sodiqligini yanada kuçaytirgan.
Eslatib ötamiz, 7 iyul kuni Turkiyada bölib ötgan NATO sammitida Yevropa ittifoqçilari AQŞ Prezidenti Donald Trampning alyans mudofaa xarajatlarida köproq masuliyatni öz zimmasiga oliş haqidagi bosimi fonida 50 milliard AQŞ dollaridan ortiq qiymatga ega harbiy xaridlar va sanoat kelişuvlarini elon qilgan edi.
Sammit doirasida Şimoliy Koreyaning raqibi bölgan Janubiy Koreya Prezidenti Li Je Myon Seul NATO davlatlari bilan ilmiy tadqiqotlar, ilğor texnologiyalar hamda qurol-yaroğ tizimlarini işlab çiqariş sohalarida hamkorlikni kengaytirişga umid bildirgan.
Şimoliy Koreya esa sammit NATOning uruş va qarama-qarşilikka yönaltirilgan tuzilma ekanini yana bir bor körsatganini takidladi. Pxenyan fikriça, alyans Yevropa hamda Osiyo–Tinç okeani mintaqasidagi tinçlik va xavfsizlik hisobiga özining eksklyuziv geosiyosiy manfaatlarini ilgari surmoqda.
Şuningdek, Pxenyan NATO rahbarlarini Şimoliy Koreyaning qonuniy suveren huquqlarini amalga oşirişini tahdid sifatida körsatayotganlikda ayblagan.
Ğarbning Şimoliy Koreyani yadro qurolidan voz keçişga çaqirişlari endi qaytarib bölmaydigan tarzda barham topganini takidlagan Pxenyan yadrosizlantiriş harakatlari, avvalo, AQŞ himoyasi ostida öz yadro dasturlarini rivojlantirişga intilayotgan Janubiy Koreya va Yaponiyaga, şuningdek, NATOning yadroviy qurollarni birgalikda joylaştiriş dasturida iştirok etayotgan azo davlatlarga qaratilgan bölişi kerakligini bildirgan.
Vazirlik Şimoliy Koreya özining suvereniteti, xavfsizlik manfaatlari hamda mintaqaviy tinçlikni suveren huquqlaridan masuliyatli foydalaniş orqali himoya qilişda davom etişini takidlagan.