AQŞ Ukrainaga Patriot raketalarini işlab çiqarişga hali ruxsat bermagan – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat hali Ukrainaga Patriot raketa tizimlari uçun raketalarni işlab çiqariş litsenziyasini berişga rozilik bermaganini, ammo bu borada muzokaralar davom etayotganini aytdi. Bu haqda u keça, 31 iyul kuni Kemp-Devidda ötkazilgan hukumat yiğilişida söz oçdi.
Trampning aytişiça, AQŞ zamonaviy raketa texnologiyalarini boşqa davlatga berişda juda ehtiyotkor bölişi kerak.
Hukumat yiğilişida jurnalistlarning savollariga javob bergan Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Patriot tizimlari hamda Tomahawk raketalarini olişni xohlayotganini aytgan.
“Bu juda katta qadam. Prezident Zelenskiy Patriot tizimlarini, şuningdek Tomahawk raketalarini ham xohlayapti. Ulardan biri hujumkor, ikkinçisi mudofaa quroli. Bunday texnologiyalarni berişda juda ehtiyotkor böliş kerak. Biz hali bunga rozilik bermadik. Bu haqda muzokara qilyapmiz, ammo bunday texnologiyani beriş oson qaror emas. Menimça, bu heç qaçon sodir bölmaydi, lekin bazan texnologiya bergan odamlar keyinçalik uni sizga qarşi ham işlatişi mumkin”, degan Tramp.
Tramp şu oy Turkiyada Zelenskiy bilan uçraşuvida Ukrainaga Patriot raketa tutqiçlarini mahalliy işlab çiqariş uçun litsenziya beriş niyati borligini aytgan edi. Biroq keyinçalik u bu vadasidan çekingan. Bu hafta Zelenskiyni Oq uyda qabul qilganiga qaramay, litsenziya masalasi böyiça aniq qaror qabul qilinmagan.
Rossiyaning havo hujumlari kuçaygani sababli Ukraina Patriot tizimlari uçun raketalar tanqisligiga duç kelmoqda. Patriot hozirça Ukraina ixtiyoridagi ballistik raketalarni yöq qila oladigan yagona tizim hisoblanadi.
Kiyev uzoq vaqtdan beri ballistik raketalarga qarşi qöllaniladigan Patriot PAC-3 raketalarini mamlakat içida işlab çiqariş böyiça qöşma loyiha taşkil etişga intilib kelmoqda.
Trampning litsenziya beriş haqidagi mazkur bayonoti köpçilik uçun kutilmagan yangilik bölgan. Ukrainaning AQŞdagi elçisi Olga Stefanişina esa 30 iyul kuni PAC-3 raketalarini işlab çiqaruvçi Lockheed Martin kompaniyasi Ukraina bilan hamkorlikni çuqurlaştirişga töliq sodiq ekaniga işonç bildirgan. Uning sözlariga köra, kompaniya rahbarlari şu hafta Zelenskiy bilan uçraşgan va yaqin vaqt içida Ukrainaga yana bir delegatsiya yuborişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning ballistik raketalar bilan amalga oşirgan hujumlari oqibatida Ukraina böylab kamida 7 kişi halok bölugandi.