USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Indoneziyada 271 nafar yölovçisi bor parom yonib ketdi. Qurbonlar bor

58 марта
Индонезияда 271 нафар йўловчиси бор паром ёниб кетди. Қурбонлар бор

Indoneziyaning Şarqiy Yava provintsiyasidagi Surabaya şahridan Janubiy Sulavesidagi Makasarga yöl olgan, bortida 271 kişi bölgan yölovçi paromi yonib ketdi. Oqibatda kamida 5 kişi halok böldi, önlab yölovçilar bedarak yöqoldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

 

Keça, 2 avgust kuni sodir bölgan hodisa Madura orolining şimolidagi Sumenep regensiyasi yaqinida yuz bergan. Malumotlarga köra, Mutiara Sentosa 2 paromida 232 nafar yölovçi, 39 nafar ekipaj azosi hamda 181 ta transport vositasi, jumladan, yuk maşinalari va ekskovator bölgan.

Qayd etilişiça, yonğin mahalliy vaqt bilan soat 06:00–07:00 oraliğida boşlangan. Parom operatori PT Atosim Lampung Pelayaran voqea haqida taxminan bir soat ötib qutqaruv xizmatlariga xabar bergan. Kompaniya malumotiga köra, kema kapitani Madura orolining şimoliy qismi yaqinida parom yonayotgani haqida xabar bergan, biroq oradan köp ötmay aloqa uzilgan.

Qutqaruv xizmatlari paromning Buruan Sapudi orolidan qariyb 19 dengiz mili şimolda ekanini aniqlagan. Yonğin vaqtida yaqin hududda bölgan Meratus Project 3 yuk kemasi yonuvçan yuk taşiyotgani sababli alanga içidagi paromga yaqinlaşa olmagan.

“Basarnas” elon qilgan videolarda paromdan qalin qora tutun kötarilgani aks etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda esa qutqaruv nimçalarini kiygan yölovçilar palubada yordam kutayotgani, ayrimlari esa jon saqlaş maqsadida özlarini dengizga taşlagani körinadi.

Bildirilişiça, hozirda qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda. Yonğinning kelib çiqiş sababi hozirça aniqlanmagan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 18 iyul kuni Gayana sohillari yaqinida 133 nafar yölovçi va ekipaj azosi bölgan parom ağdarilib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: