Gayana sohillarida parom ağdarilib, önlab odamlar çökib ketdi
Joriy yilning 18 iyul kuni Gayana sohillari yaqinida 133 nafar yölovçi va ekipaj azosi bölgan parom ağdarilib ketdi. Hodisa oqibatida önlab odamlar bedarak yöqoldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, MV Barima paromi poytaxt Jorjtaun şahridan Port Kaytumaga qarab harakatlanayotgan paytda halokatga uçragan.
Malumotlarga qaraganda, hozirgaça 67 kişi qutqarilgan. Ular orasida 41 nafar erkak, 11 nafar ayol va 15 nafar bola bor. Hodisadan söng keng kölamli qidiruv-qutqaruv işlari boşlangan. Operatsiyada vertolyotlar, samolyotlar va baliq ovlaş kemalari jalb etilgan bölib, qidiruv işlari 1000 kvadrat mil hududda olib borilmoqda.
Malum qilinişiça, parom 18 iyul kuni soat 15:00 atrofida yölga çiqqan. 23:01 da favqulodda signal kelib tuşgan va qutqaruv operatsiyasi boşlangan. Gayana rasmiylari parom tölib ketgani sababli ağdarilgani haqidagi taxminlarni rad etdi. Boş vazir Mark Fillipsning malum qilişiça, kema hodisa vaqtida belgilangan yuklama çegarada bölgan va u 300 dan ortiq yölovçini taşişga möljallangan litsenziyaga bilan harakatlangan.
Şuningdek, rasmiylar parom bortida 250 ta qutqaruv jileti, ikkita qattiq qutqaruv qayiği hamda oltita şişiriladigan qutqaruv qayiği bölganini malum qilgan.
Hodisaga kuçli oqim va kemaning içiga suv kirişi sabab bölgan bölişi mumkin. Hozirda bedarak yöqolgan yölovçilarni qidiriş-qutqariş işlari davom etmoqda. Qutqaruv guruhlari hududni tekşiriş işlarini olib bormoqda, voqea sabablarini aniqlaş böyiça ham suriştiruv boşlangan. Rasmiylar yaqin vaqt içida qöşimça malumot berilişini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Kaliforniya ştatidagi San-Frantsisko körfazida, Alkatraz oroli yaqinida 19 kişini olib ketayotgan ponton qayiği çökib ketişi oqibatida bir kişi halok bölgan, yana ikki kişi bedarak yöqolgan edi.