Rossiyalik opa-ukalarning öldirilişi mamlakat obrösiga putur yetkazdi – Tailand TIV
Avvalroq, Tailandda rossiyalik 22 yoşli Diana Nazimova hamda uning 17 yoşli ukasi Roman Nazimov öldirib ketilgani haqida xabar berilgan edi. Tailand hukumati esa Pattayya şahrida ikki nafar Rossiya fuqarosining öldirilişi mamlakatning sayyohlik yönalişi sifatidagi obrösiga salbiy tasir körsatganini tan oldi. Bu haqda Tailand Taşqi işlar vaziri Sixasak Pxuangketkeu matbuot anjumanida malum qildi.
Vazirning aytişiça, hodisa butun Tailand jamoatçiligi uçun oğir zarba bölgan.
“Bu har bir taylandlik uçun şok böldi, ayniqsa jinoyat qurbonlari ikki nafar yoş inson bölgani barçani larzaga soldi. Boş vazir Anutxin Çanvirakun va men Tailanddagi Rossiya elçisi Yevgeniy Tomixinga qönğiroq qilib, hamdardlik bildirdik. Boş vazir şaxsan jinoyat sodir bölgan joyga bordi va aybdorlarni javobgarlikka tortiş böyiça topşiriq berdi”, degan u.
Şuningdek, uning sözlariga köra, hukumat barça xorijlik sayyohlar xavfsizligini taminlaş uçun qöşimça çoralar körişni buyurgan.
“Tailand yirik sayyohlik yönalişlaridan biri. Bunday jinoyatlar sodir bölsa, sayyohlarning işonçi pasayadi. Biz buni tan olişimiz kerak. Şu bois xavfsizlikni kuçaytiriş va bunday hodisalar takrorlanmasligini amalda körsatişimiz zarur”, degan vazir.
Uning takidlaşiça, hatto eng kuçli xavfsizlik tizimlari mavjud bölgan taqdirda ham jinoyatçilar zaif insonlardan foydalanişga urinadi. Şu sababli hukumat bu boradagi işlarni yanada kuçaytirişi lozim.
Qayd etilişiça, Tailand politsiyasi joriy yilning 31 iyul kuni qotillikda gumon qilinayotgan 43 yoşli Tanu Kittxong va 39 yoşli Txongçay Sininni qölga olgan.
Tergov davomida Kittxong 22 yoşli Diana Nazimova va uning 17 yoşli ukasi Roman Nazimovni öldirib, jasadlarini Pattayya janubidagi örmon hududiga yaşirganini tan olgan.
Tergov malumotlariga köra, gumonlanuvçilar rossiyaliklarni ularning mototsiklini qölga kiritiş maqsadida öldirganini bildirgan.