USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

NATO Ukrainaga Patriot raketalarini şoşilinç yetkazadi – OAV

52 марта
НАТО Украинага Patriot ракеталарини шошилинч етказади – ОАВ

NATO Ukrainaga zudlik bilan zarur bölgan havo hujumidan mudofaa vositalarini yetkaziş ustida işlamoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bunga Rossiyaning bugun, 6 avgustga ötar keçasi uyuştirgan hujumi vaqtida Ukraina birorta ham ballistik raketani urib tuşira olmagani sabab bölgan. Hujumda Rossiya 24 ta ballistik raketa va 115 ta drondan foydalangan. Ukraina havo kuçlari 98 ta dronni yöq qilgan, biroq ballistik raketalarning birortasi tutib qolinmagan. Oqibatda kamida 17 kişi halok bölgan.

NATO Boş kotibi Mark Ryuttening aytişiça, alyans Ukrainaga zarur bölgan havo mudofaa tizimlarini imkon qadar tezroq yetkazişga harakat qilmoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Rossiya qiş mavsumi yaqinlaşar ekan, raketa işlab çiqarişni sezilarli darajada oşirişni rejalaştirayotganini bildirgan. Uning sözlariga köra, 2026 yilning birinçi yarmida ittifoqçilar tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan havo mudofaa raketalari hajmi ötgan yilga nisbatan uç barobarga kamaygan.

“Barça byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş va zarur siyosiy qarorlarni qabul qiliş muhim. Ukrainada odamlarning hayoti har kuni Yevropa va AQŞdagi hamkorlarimizning qatiyatiga boğliq”, degan Zelenskiy NATO Boş kotibi bilan uçraşuvdan söng.

Naşrga köra, Ukraina Rossiyaning “Iskander-M”, S-400 va “Tsirkon” raketalarini tutib qolişga qodir bölgan Patriot tizimlariga jiddiy ehtiyoj sezmoqda. Zelenskiy bu tanqislikni Yaqin Şarqdagi uruş oqibatida AQŞ zaxiralarining kamaygani bilan izohlagan.

Şuningdek, AQŞ Ukrainaga Patriot raketalarini işlab çiqariş böyiça litsenziya beriş masalasida muzokaralarni davom ettirayotganini malum qilgan. Muhokama qilinayotgan variantlardan biriga köra, Ukraina ayrim butlovçi qismlarni işlab çiqaradi, yakuniy yiğiş esa Yevropadagi korxonalarda amalga oşiriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq NATO davlatlari 2026 yil yakuniga qadar Ukrainaga harbiy texnika yetkazib beriş va harbiylarni tayyorlaş uçun 70 milliard dollar ajratişga vada bergan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: