Markaziy Osiyoda yaşaş uçun eng qulay davlat qaysi?
Özbekiston yaşaş uçun eng yaxşi davlatlarning joriy yilgi xalqaro reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğistondan keyin ikkinçi örinni egalladi. Bu haqda “Rumavi”ning “Global Relocation Index” reytingida qayd etilgan.
Reytingda dunyoning 192 davlati baholangan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğiston 62,9 ball bilan 77-örinni egallab, mintaqada birinçi bölgan. Özbekiston esa 59,9 ball bilan 110-örindan joy olgan. Qirğiziston 118-örinni, Tojikiston 137-örinni, Turkmaniston esa 155-örinni qayd etgan.
Uşbu reyting mamlakatlarni moliyaviy imkoniyatlar, yaşaş sifati, xavfsizlik va yangi muhitga moslaşiş kabi törtta asosiy mezon asosida baholagan.
Özbekiston moliyaviy imkoniyatlar böyiça 73, xavfsizlik böyiça 63, yaşaş sifati böyiça 57 va moslaşiş böyiça 44 ball töplagan.
Jahon reytingida Estoniya birinçi, Singapur ikkinçi, Malayziya uçinçi, Portugaliya törtinçi va Tayvan beşinçi örinni egallagan. Reytingning eng quyi qismida esa Afğoniston, Yaman, Janubiy Sudan, Niger va Çad joy olgan.
Malum qilinişiça, mazkur reyting yaşaş va köçib ötiş uçun eng qulay davlatlarni aniqlaş maqsadida tuzilgan.
Eslatib ötamiz, Toşkent Markaziy Osiyoda yaşaş narxi eng qimmat bölgan uçinçi şahar bölgani haqida xabar berilgan edi.