USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina ham öz ballistik raketalarini işlab çiqmoqda

86 марта
Украина ҳам ўз баллистик ракеталарини ишлаб чиқмоқда

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Patriot tizimiga muqobil böladigan raketalarga qarşi mudofaa tizimini işlab çiqiş böyiça yil oxirigaça “aniq natijalar”ga erişişni istayotganini malum qildi. Bu haqda Zelenskiy keça, 6 avgust kuni Kiyevda Ukraina raketa dasturlari böyiça ötkazilgan yiğilişda söz oçdi.

Uning aytişiça, Ukraina 2026–2027-yillarda özining ballistik raketalari va raketalarga qarşi mudofaa imkoniyatlarini rivojlantirişda zarur natijalarga erişişni maqsad qilgan. Şuningdek, Zelenskiy mamlakatda uşbu loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur ilmiy baza va tajriba mavjudligini qayd etgan.

“Ukraina öz raketasi va qurilmasini işlab çiqarişga qodir, hamkorlarimiz esa zarur komponentlar va muhim elementlar – radarlar, sensorlar va boşqa kerakli jihozlarni taqdim etadi. Boşqalar öz tizimlarini işlab çiqişga önlab yillar sarflagan. Ukraina esa buni imkon qadar tez amalga oşirişi kerak. 2026–2027-yillar çegarasiga kelib, aniq natijalar bölişi zarur”, degan Zelenskiy.

Uning sözlariga köra, yiğilişda Ukrainaning ballistik raketa dasturiga tayyorgarlik va FREYJA raketalarga qarşi mudofaa dasturini amalga oşiriş masalalari muhokama qilingan. Unda loyihalar uçun zarur talablar, bajarilgan bosqiçlar va işlarni tezlaştiriş muddatlari körib çiqilgan.

Zelenskiyning takidlaşiça, uşbu işga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi, Boş vazir, Mudofaa vazirligi, Taşqi razvedka xizmati, Ukraina havo kuçlari qömondonligi, Brave1 mudofaa texnologiyalari taşabbusi hamda mahalliy mudofaa kompaniyalari jalb qilingan.

Loyihadagi asosiy muammolar qatorida muhim komponentlarga kiriş, xalqaro hamkorlar bilan texnologik hamkorlik va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş qayd etilgan.

Ukraina hujum qurollari yönalişida ham öz ballistik raketalarini işlab çiqmoqda. Zelenskiy sinovlar ularning yuqori salohiyatini körsatganini, endilikda esa mavjud işlanmalarni haqiqiy qurolga aylantiriş kerakligini takidlagan.

FREYJA dasturi böyiça esa Ukraina Yevropadagi hamkorlar bilan işlamoqda. Zelenskiyning aytişiça, Norvegiya vakillari ham dasturda iştirok etmoqda. U Norvegiyaga havo mudofaasi tizimlari böyiça yordam berişga tayyorligi va tegişli ballistik raketalarga qarşi imkoniyatlarga ega davlatlar bilan hamkorlik qilayotgani uçun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga aniq zarbalar beriş uçun nişonlar röyxati yangilanganini malum qilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: