Dunyo yetakçilari Makkada juma namozini öqidi (fotoreportaj)
Bugun, 7 avgust kuni Turkiya-Saudiya Arabistoni-Pokiston uç tomonlama mudofaa bitimi imzolanganidan söng Prezident Rajab Toyib Erdöğan, valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon va Boş vazir Şahboz Şarif juma namozini öqidi. Bu haqda “Takvim” xabar berdi.
Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya Yaqin Şarqda harbiy keskinlik va nizolar kuçaygan şaroitda xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiruvçi qöşma mudofaa bitimini imzoladi.

Pokiston Taşqi işlar vazirligi va Saudiya Arabistoni davlat OAVlari elon qilgan qöşma bayonotga köra, bitimda uç mamlakatdan biriga qilingan qurolli hujum ularning barçasiga qilingan hujum sifatida qaralişi belgilangan.

“Uşbu kelişuv uç davlatning xavfsiz va farovon kelajak yölida jamoaviy xavfsizlikni yanada mustahkamlaş hamda mintaqada va undan taşqarida tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni ilgari suriş böyiça umumiy majburiyatini aks ettiradi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etiş joiz, keça, 6 avgust kuni Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va qudratli armiya rahbari Osim Munir Saudiya Arabistoniga taşrif buyurib, Makkada Umra ziyoratini ado etgan.
Bugun, 7 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ham Saudiya Arabistoniga uçib kelgan va valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon bilan uçraşgan.
“Makka qöşma mudofaa bitimi” deb nom olgan uşbu kelişuv deyarli bir yillik muzokaralardan söng imzolangan. Bitimning Islomning eng muqaddas maskani bölmiş Makkada tuzilişi köp yillik ikki tomonlama harbiy aloqalarga asoslangan uşbu paktga ramziy kuç bağişlaşi aytilmoqda.


Erdöğan, bin Salmon va Şahboz Şarif bitimni imzolaganlaridan söng Makkada juma namozini ado etgan.
Pokiston önlab yillar davomida Saudiya kuçlariga talim va texnik yordam körsatib kelgan, Turkiya va Pokiston esa harbiy kemalar va öquv samolyotlarini özaro ayirboşlaşgan. 2023 yilda Riyoz Turkiya dronlarini sotib olişga rozi bölgan, Anqara esa buni öz tarixidagi eng yirik mudofaa eksporti şartnomasi deb atagan.

“Al Jazeera”ning yozişiça, bu pakt “mohiyatan eng yirik musulmon aholisiga ega uçta davlatni birlaştiradi” va mintaqada “mutlaqo yangi xavfsizlik arxitekturasi” boşlanişini anglatadi.