Turkiya Qora dengizda kemalar qatnovini çekladi – “Bloomberg“
Turkiya hukumati Qora dengizda tijoriy kemalar harakatini çekladi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilişiça, Turkiya Sohil xavfsizligi boş boşqarmasi Novorossiysk tomon yöl olgan bir neçta kemaga hozirça uşbu yönaliş böyiça tranzit ruxsatnomalari berilmayotganini bildirgan. Şuningdek, Dardanell böğozi orqali ötiş uçun beriladigan arizalarni körib çiqiş muddati ham uzaytirilgan.
Turkiya Taşqi işlar vazirligi avvalroq Rossiya va Ukrainani Qora dengizdagi keskinlikni kamaytirişga çaqirgan.
Şuningdek, şu hafta Qora dengizda faoliyat yurituvçi kamida 4 ta yuk taşiş kompaniyasi harbiy xavf uçun qöşimça tölov joriy qilgan.
Bozor iştirokçilari yuklarning bir qismi Gruziya, Ozarbayjon va Eron orqali ötuvçi quruqlik yönalişlariga yönaltirilişi mumkinligini kutmoqda.
Biroq “Kommersant” manbasiga köra, Novorossiysk asosan Qora dengiz va Örta yer dengizi mintaqalaridagi mahalliy bozorlarga xizmat körsatadi. Uşbu bozorlarda Xitoyga nisbatan yirik muqobil yönalişlar kam. Şu sababli yuklarning katta qismi boşqa yönalişlarga köçirilişi kutilmayapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Qora dengizda Rossiyaning Novorossiysk portiga yöl olgan Turkiyaning yuk kemasiga hujum uyuştirgani haqida xabar berilgan edi.