USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukraina Qora dengizda Turkiya kemasiga zarba berdi

46 марта
Украина Қора денгизда Туркия кемасига зарба берди

Keça, 3 avgust kuni Ukraina Qora dengizda Rossiyaning Novorossiysk portiga yöl olgan Turkiyaning yuk kemasiga hujum uyuştirdi. Bu haqda “Cumhuriyet“ xabar berdi.

Malum qilinişiça, Turkiyadan Rossiyaga yangi uzilgan meva va sabzavotlar olib ketayotgan “Nadejda Ro-Ro” kemasiga uçuvçisiz uçiş apparatlari hujum qilgan. Oqibatda kemada yonğin yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida ekipajning tört azosi jarohat olgan. Ulardan uç nafari Turkiya fuqarosi ekani aytilmoqda. Xabarga köra, kema Turkiyaning Samsun portidan Novorossiysk tomon harakatlanayotgan bölgan. Hujum Novorossiyskdan taxminan 56 kilometr uzoqlikda sodir bölgan.

Kema kapitani Yalçin Şahin hujum Ukraina tomonidan amalga oşirilganini davo qilib, unda 6-7 ta dron işlatilganini aytgan. Şahin ular yordam kutayotganini, hamma xavfsiz ekanligini, ammo jarohatlanganlar borligini qöşimça qilgan.

Kema ekipaji hujumdan keyin boşlangan yonğinni öçirişga urinayotgan bir paytda, Rossiya dengiz floti hududda dronlar tufayli yordam körsatiş uçun kemaga yaqinlaşişda qiynalgani xabar qilingan.

Keyinçalik, Dengiz işlari boş boşqarmasi Rossiya qirğoqlari yaqinida “Nadejda Ro-Ro” kemasiga dron hujumi oqibatida jarohat olgan 11 ekipaj azosi Rossiya şifoxonasida davolanayotganini, qolgan ekipaj azolari esa mehmonxonaga joylaştirilganini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Qora dengizda Ukrainaning Odessa sohillari yaqinida xalqaro yuk kemasiga zarba berişi oqibatida kamida 5 nafar ekipaj azosi halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: