Azov dengizida dronlar hujumi oqibatida 5 ozarbayjonlik halok böldi
5-06-2026, 19:28
123 марта

Azov dengizida dronlar hujumi oqibatida 5 ozarbayjonlik halok böldi
Bugun, 5 iyunga ötar keçasi Azov dengizining Taganrog qöltiğida dronlar ikkita yuk kemasi – “Natra” va “Tsirkon” teploxodlariga hujum qildi. Hodisa oqibatida beş nafar ozarbayjonlik halok böldi, yana uç kişi jarohatlandi. Bu haqda Ozarbayjon Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.Vazirlik malumotlariga köra, kemalar bortida jami 25 nafar Ozarbayjon fuqarosi bölgan, biroq kemalarning özi uşbu mamlakatga tegişli bölmagan. Ular Palau va Beliz bayroqlari ostida suzgan hamda Turkiyadan Rostov-Don şahriga ğalla ortiş uçun ketayotgan bölgan.
“Natra” kemasiga törtta dron borib urilgan, şundan söng bortda yonğin çiqqan va ekipaj uni öz kuçi bilan öçirişga muvaffaq bölgan. Kema çökmagan, biroq şatakka olişga muhtoj. “Tsirkon” kemasiga ham törtta zarba berilgan. Ekipaj çökayotgan kemani qutqaruv qayiqlarida tark etgan. Omon qolgan dengizçilarni falokat joyi yaqinidan ötib ketayotgan uçta kema qutqarib olgan. Ertalabga yaqin qutqarilgan dengizçilar Yeysk portiga yetkazilgan, yaradorlar şifoxonaga yotqizilgan. Şikastlangan “Natra” kemasini şatakka oliş uçun ikkita kema yölga çiqqan. Favqulodda hodisa joyiga Ozarbayjonning Rossiyadagi elçixonasining bir neçta xodimi jönab ketgan.
Rossiya TIV Azov dengizidagi yuk kemalariga qilingan dronlar hujumi ortida Ukraina turganini davo qilgan.
“Biz Qora dengiz va Örta yer dengizi akvatoriyasida tinç aholi fuqarolik kemalariga havo va dengiz dronlari yordamida kim hujum qilayotganini yaxşi bilamiz. Bu, tabir joiz bölsa, hammaga malum mamlakat. Töğriroği, öşa mamlakatda hokimiyatni egallab olgan rejimdir”, deydi Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin.Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotiga köra, ötgan keçada mamlakat hududi uzra Ukrainaning 123 ta uçuvçisiz uçiş apparati “yöq qilingan va tutib qolingan”. Ularning bir qismi Azov dengizi akvatoriyasi ustida urib tuşirilgan. Ukraina Qurolli kuçlarining Uçuvçisiz tizimlar kuçlari esa tungi hujum davomida vaqtinça bosib olingan Mariupol va Berdyansk portlarida, şuningdek, sohilböyi suvlarida Rossiyaning beşta kemasiga zarba berilganini malum qilgan.
“Okkupantning kontrabanda logistikasini töxtatiş kerak”, deydi uçuvçisiz qöşinlar qömondoni Robert “Madyar” Brovdi özining Telegram-kanalida.