Rossiya Qora dengizdagi yuk kemasiga zarba berdi. Qurbonlar bor
Rossiya harbiylari Qora dengizda Ukrainaning Odessa sohillari yaqinida xalqaro yuk kemasiga zarba berişi oqibatida kamida 5 nafar ekipaj azosi halok böldi. Bu haqda Ukraina rasmiylari malum qildi.
Ukraina Boş vaziri Sergiy Koretskiyning aytişiça, Gvineya-Bisau bayroği ostida qatnovçi kema portdan makkajöxori yuki bilan çiqib ketgan bölgan. Kema ekipaji tarkibida Hindiston va Suriyaning 17 nafar fuqarosi, şuningdek, bir nafar Ukraina fuqarosi bölgan. Uning sözlariga köra, sakkiz nafar ekipaj azosi qutqarib qolingan. Kemada yonğin uzoq vaqt davom etgan bölib, yana beş kişi bedarak yöqolgan.
Moskva hozirça uşbu hujum yuzasidan rasmiy izoh bermagan. Rossiya sönggi haftalarda Ukraina janubidagi çuqur suvli portlarga hujumlarni kuçaytirdi. Bu portlar mamlakatning don mahsulotlari va boşqa muhim yuklar eksportida asosiy ahamiyatga ega.
“Fuqarolik kemasi. Xalqaro ekipaj. Jahon oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiluvçi yönaliş. Putin yana bir nişonni kördi. Bu hujum heç qanday xayolga örin qoldirmaydi. Putin Rossiyasi kimni öldirişiga ahamiyat bermaydi”, deb yozgan Ukraina Taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmoğida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga işora qilib.
Eslatib ötamiz, 18 iyul kuni ham Rossiya Odessa port infratuzilmasiga hujum qilib, Antigua va Barbuda bayroği ostidagi kemaga zarba bergani oqibatida bir kişi halok bölgan edi. Undan bir kun avval esa Rossiyaning Odessa va Nikolayev şaharlariga bergan zarbalari natijasida 3 kişi halok bölgan.