USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Boringizga şukur!” Paşinyan ham Trampga qönğiroq qildi

80 марта
“Борингизга шукур!” Пашинян ҳам Трампга қўнғироқ қилди

Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan va AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 9 avgust kuni telefon orqali suhbat qildi. Unda Boş vazir Vaşington sammiti Yerevan hamda Baku örtasida haqiqiy tinçlikka erişişga yöl oçganini aytdi. Bu haqda Armaniston Hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

“Paşinyan Trampga 2025 yil 8 avgust kuni Vaşingtonda, Oq uyda Tinçlik sammitini taşkil etgani hamda Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari tomonidan qabul qilingan Tinçlik deklaratsiyasini guvoh sifatida imzolagani uçun minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, u tinçlik örnatiş işida Prezident Trampning şaxsiy say-harakatlari hal qiluvçi ahamiyat kasb etganini takidladi”, deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, Paşinyan va Tramp yaqin kelajakda “Xalqaro tinçlik va farovonlik uçun Tramp yönalişi” loyihasi böyiça quriliş işlarini boşlaşga qatiy qaror qilganliklarini tasdiqladi.

2025 yil 8 avgust kuni Vaşingtonda AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan bölib ötgan uç tomonlama uçraşuv yakunlariga köra, Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Baku va Yerevan örtasida tinç yöl bilan kelişuvga erişiş hamda Ozarbayjonning asosiy qismi bilan Naxiçevan örtasida transport kommunikatsiyalarini yaratiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Mazkur loyiha “Xalqaro tinçlik va farovonlik uçun Tramp yönalişi” deb nomlandi.

Biroq, Rossiya Federatsiyasi Boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk TASS agentligiga bergan intervyusida “Tramp yönalişi” loyihasini amalga oşiriş böyiça kelişuvning imzolanişi Janubiy Kavkazdagi mintaqaviy muvozanatni buzganini malum qilgandi. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning 8 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham AQŞ davlat rahbari Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. 7 avgust kuni esa Özbekiston Prezident Şavkat Mirziyoyev va Tramp örtasida muloqot ötkazilgandi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: