Vens bola-çaqasi bilan Ozarbayjon va Armanistonga bordi. Muddao ne?
11-02-2026, 08:21
95 марта

Vens bola-çaqasi bilan Ozarbayjon va Armanistonga bordi. Muddao ne?
Qöşma Ştatlar yana Janubiy Kavkazga qaytmoqda va bu safar oddiy diplomatik imo-işora bilan emas, balki vitse-prezident darajasida. AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens rafiqasi Uşa Vens va 3 bolasi bilan Janubiy Kavkazga, xususan Armaniston va Ozarbayjonga safarini amalga oşirmoqda. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida doimiy ravişda xabar ulaşib boryapti.Armanistonga taşrif buyurgan birinçi amaldagi AQŞ vitse-prezidentiga aylangan Vensning poytaxt Yerevanga taşrifi 9 va 10 fevral kunlarini qamrab olgan. U taşrifning birinçi kuni keçqurun Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan bilan uçraşuv ötkazgan.
Muzokaralarda Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan AQŞ Prezidenti Donald Trampning Ğazo sektoridagi vaziyatni tartibga soliş böyiça “Tinçlik kengaşi”ning birinçi yiğilişida iştirok etiş taklifini qabul qilgan.

“Men Armanistonning AQŞ mamuriyatining tinçlik taşabbuslarini, jumladan, “Tinçlik kengaşi” faoliyatini qöllab-quvvatlaş niyatini yana bir bor tasdiqladim. Şuni takidlaşni istardimki, men 19 fevral kuni “Tinçlik kengaşi”ning birinçi yiğilişida iştirok etiş uçun Prezident Trampdan taklifnoma oldim va uni mamnuniyat bilan qabul qildim”, degan Paşinyan matbuotga bergan bayonotida.
Vitse-prezident esa Armanistonga 11 million dollar (9,2 million yevro) qiymatidagi Amerika dron texnologiyasini sotişini elon qilgan. Unga köra, “AQŞ nafaqat Armanistonga tinçlik olib kelmoqda, balki birgalikda Armaniston va Qöşma Ştatlar uçun haqiqiy farovonlik yaratmoqda”.
Şuningdek, tomonlar örtasida “Armaniston Respublikasi hukumati va Amerika Qöşma Ştatlari hukumati örtasida yadro energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş böyiça hamkorlik şartnomasi böyiça muzokaralarning yakunlanişi töğrisida qöşma bayonot” imzolangan. Paşinyanning sözlariga köra, “Armaniston va Qöşma Ştatlar örtasidagi çuqurlaşib borayotgan energetika hamkorligida yangi bob oçadi”.
Paşinyan bu taşrifni “çinakam tarixiy” deb atab, Donald Trampning Armaniston-Ozarbayjon tinçlik jarayonida vositaçilik qilgani uçun Nobel tinçlik mukofotiga “haqli ravişda” ega bölişiga “katta umid” bildirganini aytgan.
Vens Ozarbayjonni Naxçivan anklavi bilan boğlaydigan janubiy Armaniston orqali ötadigan 43 kilometrlik yölak – Xalqaro tinçlik va farovonlik uçun Tramp yönalişi loyihasini ilgari surmoqda.
Yönaliş Markaziy Osiyo va Kaspiy havzasini Rossiya va Eronni çetlab ötib, Yevropa bilan boğlaş va AQŞning mintaqadagi tijorat manfaatlarini mustahkamlaş uçun möljallangan. Yangi savdo yölagi loyihasi Amerika investitsiyalarini rağbatlantiriş va AQŞ bozoriga “muhim minerallar va noyob yer elementlari” kirişini taminlaşga qaratilgan.
Vaşington bu loyihani Armaniston va Ozarbayjon örtasidagi önlab yillar davom etgan mojaroning tinç yöl bilan yakunlanganidan keyin işonçni mustahkamlaş çorasi sifatida köradi.