Rossiya uçun Janubiy Kavkazda yana bir yöqotiş
14-07-2025, 15:07
130 марта

Rossiya uçun Janubiy Kavkazda yana bir yöqotiş
Janubiy Kavkazning geosiyosiy arteriyasi deb ataladigan Zangezur yölagi AQŞ nazoratiga ötişi mumkin. Bu haqda Armaniston taşqi işlar vaziri örinbosari Mnatsakan Safaryan malum qilgan.Ötgan hafta BAAda uçraşgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan mazkur yölakni oçiş masalasini ham muhokama qilgan.
Armaniston bu borada aniq kelişuv yöqligi, ammo tomonlar til topişa olsa, Zangezur yölagi nazorati AQŞga ötişini aytmoqda.
Davlat departamenti bu xabarni na inkor qilgan, na tasdiqlagan, faqat “AQŞ Janubiy Kavkazda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş böyiça say-harakatlarni qöllab-quvvatlaşi”ni qayd etiş bilan çeklangan.
Tahlilçilarga köra, Zangezur yölagini oçişga oyoq tirab kelgan Armanistonning pozitsiyasi özgarmoqda. Yerevan iqtisodiy integratsiya jarayonlarida faol qatnaşişni maqul körmoqda.
Ayni paytda Boku va Yerevan Zangezur yölagining yönalişi emas, balki huquqiy maqomi borasida kelişa olmayotir. Ozarbayjon yölak orqali Naxiçevanga transport va yuklar Armaniston nazoratisiz ötişi kerakligini aytmoqda. Armaniston esa bunga qarşi çiqmoqda.
Armanistonlik jurnalist Roman Bagdasaryanga köra, Boku Zangezurni “yölak” deb ataydi, Yerevan esa uni “yöl” deb hisoblaydi. Yani obektning “yöl” deb hisoblanişi Zangezur ustidan Armaniston suvereniteti saqlanib qolişini anglatadi.
Rossiya Ikkinçi Qoraboğ uruşidan keyin uşbu yönaliş ustidan nazoratni saqlab qolişga uringan edi. 2020 yilda Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon tomonidan imzolangan uç tomonlama bitimda ham şu közda tutilgan. Zangezur yölagi ustidan nazoratning AQŞ kompaniyalariga ötişi Rossiya uçun Janubiy Kavkazda yana bir yirik yöqotiş bölişi aniq.
Sönggi vaqtlarda Armaniston Rossiya bilan munosabatlari taranglaşuvi fonida Ğarb tomon yuz burmoqda.
Moskvaning Boku bilan munosabatlari ham tobora sovuqlaşmoqda.