USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ozarbayjonga “javob” hozirlayotgani aytilmoqda

672 марта

Rossiya Ozarbayjonga “javob” hozirlayotgani aytilmoqda

Ukraina harbiy razvedkasi Rossiyaning uşbu harakati Janubiy Kavkazda öz tasirini oşiriş va xavfsizlikni izdan çiqarişga uriniş deb baholagan.


Armaniston taşqi işlar vazirligi öz hududidagi Rossiya harbiy bazasi kuçaytirilayotgani haqidagi xabarni rad etgan.
Ukraina harbiy razvedkasi bunga javoban Rossiya Qurolli kuçlari Janubiy harbiy okrug qöşinlari qömondoniga tegişli ekani aytilayotgan buyruqni elon qilgan.
Buyruqda Janubiy harbiy okrug tarkibidagi 8-, 18-, 49- va 58-umumqöşin harbiy bölinmalaridan zudlik bilan askarlarni saralab oliş tayinlangan. Askarlarni saralaşda ularning kasbiy, ruhiy  va jangovar tayyorgarligiga alohida etibor qaratiş uqtirilgan. 

Rossiya Armanistondagi harbiy bazasini kuçaytirayotgani haqidagi xabar Ozarbayjon bilan ziddiyat yuzaga kelgan paytga töğri kelmoqda.

“Moskva millatlararo ziddiyatlarni kuçaytiriş bilan birga Kavkazdagi harbiy kuçini oşirmoqda. Ozarbayjon va Rossiya munosabatlaridagi yomonlaşuv oldindan hozirlangan bölsa ajab emas”,  – deyiladi Ukraina harbiy razvedkasi malumotnomasida.
Gyumri harbiy bazasi Armaniston poytaxti Yerevandan 100 km şimoli-ğarbda, Ozarbayjonning yaqin ittifoqçisi Turkiya çegarasidan bor-yöği 3,5 km masofada joylaşgan. 2010 yilda Yerevan va Moskva uşbu harbiy baza ijarasini 2044 yilga qadar uzaytiriş haqida kelişuv imzolagan. 
Gyumri harbiy bazasida 5000 nafarga qadar askar xizmat qiladi. Baza MiG-29 qiruvçi uçoqlari va S-300 zenit-raketa majmualariga ega.  

Ayni paytda Armaniston Ozarbayjon va Turkiya bilan munosabatlarini yaxşilaşga intilmoqda. Bu esa Rossiya harbiy bazasining mavjudligi Yerevan manfaatlariga töğri kelmasligini anglatadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: