AQŞ Ukrainaga Tomahawk raketalarini yuborişi mumkin – Vens
30-09-2025, 12:29
116 марта

AQŞ Ukrainaga Tomahawk raketalarini yuborişi mumkin – Vens
Rossiya va Ukraina örtasidagi töğridan töğri muzokaralar masalasi savol ostida qolayotgan bir paytda Vaşington Kiyevni Tomahawk raketalari bilan taminlaş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda keça, 28 sentyabr kuni AQŞ vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.“Moskva AQŞ Prezidenti Donald Tramp vositaçiligidagi ikki va uç tomonlama tinçlik muzokaralarini rad etişda davom etar ekan, Qöşma Ştatlar Kiyevga Tomahawk raketalarini yetkazib berişni körib çiqmoqda. Siz Tomahawk haqida söradingiz. Bu borada Prezident Amerika Qöşma Ştatlari manfaatlariga mos keladigan yakuniy qarorni qabul qiladi. Men hozir uşbu masalada muzokaralar olib borayotganimizni bilaman”, deydi vitse-prezident.Uşbu qarorlar Oq uyda Rossiyaning Ukraina bilan davom etayotgan keng kölamli uruşini tugatişga qaratilgan töğridan töğri muzokaralar böyiça pozitsiyasiga nisbatan sabrsizlik kuçayib borayotgan bir paytda qabul qilinişi mumkin. Şuningdek, Vens Kreml Ukraina yetakçisi bilan nafaqat yakkama-yakka, balki Tramp iştirokida ham muzokaralar olib borişga tayyor emasligini tan olgan.
“Oxirgi bir neça hafta içida biz rossiyaliklar ukrainaliklar bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazişdan boş tortayotganini kördik. Ular Prezident yoki mamuriyatning boşqa azosi rossiyaliklar va ukrainaliklar bilan uçraşişi mumkin bölgan har qanday uç tomonlama uçraşuvlarni rad etdi”, deydi Vens.