Pentagon Afğoniston osmonida kuzatilgan NUJ malumotlarini oçiqladi
Pentagon Afğoniston osmonida kuzatilgan nomalum uçar jismlar haqidagi malumotlarni oçiqladi. Bu haqda idora rasmiy saytida ommaga taqdim qilingan nomalum uçar jismlar haqidagi arxiv malumotlarining beşinçi töplamida qayd etildi.
Unda 41 ta fayl, jumladan, 16 ta videotasvir örin olgan. Rassamiy malumotlarga köra, maxfiylikdan çiqarilgan materiallar 1950 yildan 2026 yilgaça bölgan davrda Pentagon, FBR, Markaziy razvedka boşqarmasi, AQŞ Davlat departamenti va Prezident mamuriyati tomonidan töplangan.

Elon qilingan materiallar orasida Yaqin Şarqda tasvirga olingan bir neçta videolavhalar ham bor. Ulardan 2025 yilga oid videolardan birida aholi yaşaydigan hudud ustida uçib ötayotgan şarsimon obekt aks etgan.

Şuningdek, 6 ta videolavha 2021 yil sentyabr oyida Ummon körfazi ustida AQŞ maxsus kuçlari maşğulotlari vaqtida sodir bölgan bir voqeaning turli tasvirlarini namoyiş etadi.

Pentagon, şuningdek, 2002 yilda Afğoniston osmonida harbiy uçuvçi tomonidan kuzatilgan ulkan uçburçaksimon obekt haqidagi guvohlikni ham maxfiylikdan çiqargan.
Hujjatda harbiy uçuvçining uşbu obekt haqidagi kuzatuvlari bayon etilgan. Unda aytilişiça, voqea taxminan mahalliy vaqt bilan soat 04:30 da sodir bölgan va Bagrom ustidan uçib ötayotgan yulduzlar bir zumda xiralaşa boşlagan. Uçuvçi osmonda ğarbdan şarqqa tomon harakatlangan, teng tomonli uçburçak şaklidagi ulkan obektni körganini bildirgan.
“Obekt ovozsiz harakatlangan, doimiy tezlik va balandlikni saqlagan, körinadigan çiroqlari bölmagan. Uning tezligi taxminan 150 uzel bölişi mumkin edi”, deyiladi maxfiylikdan çiqarilgan malumotlarda.
Töplamdan 2026 yilda AQŞning ğarbiy hududlarida kuzatilgan “köplab qizil çiroqlar” haqidagi malumotlar ham örin olgan. Pentagon mazkur hodisa böyiça voqeaning badiiy talqinini ham elon qilgan.
Pentagonning malum qilişiça, NUJlar va nomalum havo hodisalariga oid arxiv materiallarini ommaga taqdim etiş amaliyoti kelgusida ham muntazam davom ettiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Uruş vazirligi öz rasmiy sahifasida 1994 yil 27 yanvar kuni Qozoğiston osmonida nomalum uçuvçi jism kuzatilgani haqidagi malumotni elon qilgandi.