Nomalum uçuvçi jismlar haqidagi eng yirik arxiv ğoyib böldi
25-02-2026, 15:33
111 марта

Nomalum uçuvçi jismlar haqidagi eng yirik arxiv ğoyib böldi
Joriy yilning 20 fevral kuni AQŞda nomalum uçuvçi jismlar haqidagi maxfiylikdan çiqarilgan hujjatlar jamlangan eng yirik internet-arxiv – “The Black Vault” yöq qilingan. Uşbu voqea AQŞ Prezidenti Donald Tramp özga sayyoralik haqidagi barça hujjatlarni elon qiliş böyiça farmoyiş berganidan bir kun ötib sodir bölgan. Bu haqda 23 fevral kuni “The Daily Mail” gazetasi sayt rahbari va tadqiqotçi kiçik Jon Grinvaldga tayanib xabar berdi.Naşr malumotlariga köra, 20 fevral kuni nomalum şaxs tomonidan “The Black Vault”ning asosiy serveridan Grinvald qariyb 30 yil davomida töplab, elon qilib kelgan 3,8 milliondan ortiq fayl öçirib taşlangan. Gazeta keltirgan sözlarga köra, Grinvald hodisa diversiya bölganiga töliq işonç hosil qilmagan, biroq bunday ehtimolni ham inkor etmagan. U ayrim hujjatlarga kiriş huquqlari ham özgartirilganini bildirgan. Naşrning qayd etişiça, Grinvald arxivni zaxira nusxalari yordamida tiklaşni rejalaştirmoqda.