Oçilmagan qotillik: afsonaviy reper Tupakning ölimi böyiça sud boşlandi
Las-Vegasda xip-xop yulduzi Tupak Şakurning 1996 yilda öldirilişida ayblanayotgan sobiq köça tödasi rahbari Dueyn “Keffi Di” Devis ustidan sud jarayoni boşlanmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 10 avgust kuni sudda hakamlar hayati azolarini tanlaş jarayoni boşlanişi kutilmoqda. Jinoyat işi qariyb 3 ön yil davomida oçilmay qolgan Tupak Şakurning ölimi bilan boğliq bölib, mazkur voqea rep musiqasi tarixidagi eng maşhur va uzoq vaqt yeçilmagan qotillik işlaridan biri hisoblanadi.
63 yoşli Dueyn “Keffi Di” Devisga Nevada ştatidagi Klark okrugida “quroldan foydalangan holda qotillik” böyiça bir bandli ayblov qöyilgan. U özini aybsiz deb bilmoqda.
Tergov malumotlariga köra, Devis 1996 yilda Las-Vegasdagi Strip hududi yaqinida 25 yoşli Tupak Şakurga qarşi amalga oşirilgan avtomobildan öq uziş hujumini taşkil etgan guruhga boşçilik qilganlikda ayblanmoqda.
Tupak Şakur öşa davrda rep sanatining eng maşhur va tasirli ijodkorlaridan biri bölgan. Uning öldirilişi “gangsta-rep” özining eng maşhur davrini boşdan keçirayotgan paytda xip-xop madaniyatidagi zöravonlik muhiti haqidagi bahslarni yanada kuçaytirgan. Şuningdek, voqea öşa davrdagi Şarqiy va Ğarbiy sohil reperlari örtasidagi maşhur raqobatni ham yanada keskinlaştirgan.
Politsiya 2023 yilda Devis hibsga olinganidan keyin u qotillik böyiça uzoq vaqtdan beri gumonlanib kelingan şaxslardan biri bölganini bildirgan. Biroq tergovçilar uni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun yetarliça qabul qilinişi mumkin bölgan dalillarga ega bölmagan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlarga köra, iş 2018 yilda Devisning qotillikdagi iştiroki haqida turli ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotlaridan keyin yana faol tergov qilina boşlagan.
Devis öz intervyularida, şuningdek, 2019 yilda çop etilgan “Compton Street Legend” nomli xotira kitobida 1996 yildagi voqea vaqtida oq rangli Cadillac avtomobilining old örindiğida ötirganini va qurolni orqa örindiqdagi 2 kişidan biriga berganini aytgan.
Biroq Devisning bayonotlarida ham, rasmiy tergov malumotlarida ham Tupak Şakurga kim töğridan-töğri öq uzgani aniq körsatilmagan. Devis bilan birga avtomobilda bölgan 3 kişining barçasi keyinçalik vafot etgan.
Nevada qonunçiligiga köra, gumonlanuvçi quroldan bevosita öq uzmagan bölsa ham, jinoyatda iştirok etgani isbotlansa, qotillikda ayblanişi mumkin.
Tergov versiyasiga köra, voqealar 1996 yil 7 sentyabr kuni Las-Vegasdagi “MGM Grand” kazinosida Tupak Şakur va uning hamrohlari Devisning jiyanini kaltaklaganidan keyin boşlangan. Bu voqea Los-Anjeles hududidagi ikki köça tödasi – Devis özini rahbari deb atagan “Saut Sayd Kompton Krips” va politsiya malumotlarida “Mob Piru” bilan boğlangan guruh örtasidagi adovat bilan boğliq bölgan.
Öşa kuni Tupak Şakur va uning hamrohlari Las-Vegasda Mayk Tayson hamda Bryus Seldon örtasidagi jahon çempionligi jangiga kelişgan edi. Tergov malumotlariga köra, Devis qotillik qurolini olgan va uni oq rangli Cadillac avtomobilining orqa qismida ötirgan 2 kişidan biriga bergan. Ular kazino içidagi janjaldan keyin Tupak Şakur va “Death Row Records” asosçisi Merion “Suj” Nayt bölgan avtomobilni qidirib harakatlangan.
Ular Şakur va Nayt bölgan avtomobilni topganidan keyin öq uzilgan. Tupak Şakur 4 marta öqdan jarohatlangan va 6 kun ötib şifoxonada vafot etgan. Avtomobilni boşqarayotgan Nayt esa boşiga tekkan öq parçasi sabab yengil jarohat olgan.
Devis ustidan sud jarayoniga sudya Karli Kyorni raislik qiladi. Sud muhokamalari Las-Vegas markazidagi sud binosida ötkazilişi va 6 haftagaça davom etişi mumkin.
Jarayonda “Death Row Records” asosçilaridan biri Merion “Suj” Naytning ham guvohlik berişi mumkinligi aytilmoqda. U Tupak Şakur öldirilgan keça reper bilan birga bölgan. Ayni vaqtda Nayt boşqa jinoyat işi böyiça ixtiyoriy odam öldirişda aybdor deb topilgan va 28 yillik qamoq jazosini ötamoqda.
Tupak Şakurning qotilligi qariyb 30 yil davomida oçilmay kelgan. Devisning 2018 yildan boşlab ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotlari işni qayta jonlantirgan. Devis öz kitobida, şuningdek, Nyu-Yorkdagi “Bad Boy Entertainment” leybli bilan hamkorlik qilgan va “The Notorious B.I.G.” nomi bilan tanilgan reper Kristofer Uollesning ölimi böyiça ham uzoq vaqt gumon ostida bölganini yozgan. Uolles 1997 yil mart oyida Los-Anjelesda otib öldirilgan.
Uning qotilligi hanuzgaça oçilmagan. Biroq Uolles Tupak Şakur öldirilganidan bir neça oy ötib halok bölgani sababli, uning ölimi Şakur qotilligi uçun qasos bölgani haqida uzoq vaqtdan beri turli taxminlar mavjud.