USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

14 yoşli ösmir qotillik uçun 40 yilga qamalişi mumkin

45 марта
14 ёшли ўсмир қотиллик учун 40 йилга қамалиши мумкин

Malayziyada 14 yoşli ösmir 16 yoşli maktabdoş qizni öldirişda ayblanmoqda. Unga nisbatan sud jarayoni boşlangan bölib, aybdor deb topilsa, 40 yilgaça qamalişi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea 2025 yilning oktyabr oyida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur çekkasidagi maktablardan birida sodir bölgan. Tergov malumotlariga köra, 16 yoşli Yap Şing Xuen ismli qiz maktab hojatxonasida bir neça marta piçoqlangan holda topilgan va vafot etgan. Mazkur jinoyatda gumon qilinayotgan ösmir öşa paytda 14 yoşda bölgan. U sudda öziga qöyilgan ayblovni tan olmagan.

Malayziya qonunçiligiga köra, voyaga yetmagan şaxsning şaxsi oşkor qilinmaydi. Agar u aybdor deb topilsa, ölim jazosiga hukm qilinmaydi, biroq 30-40 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi va kaltaklaş jazosi qöllanilişi mumkin.

Politsiya avvalroq jinoyatga ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim zararli tasirlar sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirgan. Şuningdek, gumondor qölga olingan paytda undan yozuv topilgani aytilgan. Uşbu yozuv mazmuni haqidagi xabarlar jamiyatda katta bahslarni keltirib çiqargan. Hozirda uşbu iş böyiça sud jarayoni davom etmoqda.

Mazkur holat Malayziyada ösmirlar orasidagi zöravonlik, internetdagi zararli ğoyalar va ayrim yoşlar orasida tarqalayotgan nafratli qaraşlar tasiri haqidagi muhokamalarni kuçaytirdi. Mamlakat hukumati bolalarni zararli onlayn kontentlardan himoya qiliş çoralarini kuçaytirişini bildirgan.

Xususan, iyun oyidan boşlab 16 yoşgaça bölgan bolalarga yirik ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişni çeklovçi yangi qoidalar joriy etilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Braziliyaning şimoliy qismidagi Akri ştatida 13 yoşli öquvçi maktabda sodir etgan otişma oqibatida ikki ayol halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: