15 nafar bemorni öldirgan şifokor umrbod qamaldi
Germaniyada şifokor 15 nafar bemorini öldirişda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Berlin sudi 41 yoşli Yoxannesni 2021 yil sentyabrdan 2024 yil iyulgaça bölgan davrda 12 ayol va 3 erkakning ölimida aybdor deb topdi. Germaniya qonunçiligiga köra, uning töliq ismi oşkor qilinmagan.
Malumotlariga köra, şifokor bemorlarning uyiga taşrif buyurgan vaqtida ularning roziligisiz turli dorilar aralaşmasini yuborgan. Prokuratura bu vositalar bemorlarning ölimiga sabab bölganini aytmoqda.
Qurbonlarning yoşi 25 yoşdan 94 yoşgaça bölgan. Sudda ularning barçasi oğir xastalikka çalingan bölsa-da, ölimi yaqin bölmagan.
Prokurorlar şifokor ayrim jinoyat izlarini yaşiriş uçun bemorlarning uylariga öt qöyişga uringanini ham bildirgan. 2024 yil iyul oyida esa u bir kun içida ikki bemorni – Berlin markazidagi 75 yoşli erkak va qöşni hududdagi 76 yoşli ayolni öldirganlikda gumon qilingan.
Sud jarayoni davomida uzoq vaqt sukut saqlagan şifokor ayrim ayblovlarni tan olgan. U oğir ahvoldagi 12 bemorini öldirganini aytib, ularni “azob, uqubatdan qutqarayotganiga işonganini” bildirgan. Şuningdek, yetkazgan azoblari uçun uzr söragan.
“Men buni hamma uçun eng yaxşi yeçim deb öylagandim”, degan u sudda.
Rasmiylar şifokorning boşqa bemorlar ölimiga ham aloqador bölişi mumkinligini tekşirmoqda. Hozirda yana 76 ta holat böyiça tergov olib borilmoqda. Bu hodisa böyiça boşqa işlar ham tasqidlansa, bu Germaniya tarixidagi eng yirik ketma-ket qotillik holatlaridan biriga aylanişi mumkin.
Sud şifokorning aybini öta oğir deb baholab, jazodan keyin ham profilaktik hibsda saqlaş çorasi qöllanişini belgilagan. Şuningdek, unga tibbiy faoliyat bilan şuğullaniş umrbod taqiqlangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyada uç nafar bolani öldirganlik uçun avvaldan umrbod qamoq jazosini ötayotgan va “niqobli odam” laqabi bilan tanilgan 55 yoşli Martin Frantsiyada yana bir bola qotilligi uçun aybdor deb topilgani haqda xabar berilgandi.