3 nafar özbekistonlik Malayziyada ölimga hukm qilindi
Bir neça yil oldin Malayziyada ikki nafar özbekistionlik ayol va ularning bir nafar tanişi ölim jazosiga hukm qilingani malum böldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining istefodagi xodimi Öktam Suvonov malum qildi.
Uning aytişiça, bir neça yil oldin uç nafar Özbekiston fuqarosi, xususan, 56 va 54 yoşli ayollar Kuala-Lumpur aeroportida yirik hajmdagi giyohvand moddalar bilan qölga olingan. Keyinçalik Malayziya sudi ularni ölim jazosiga hukm qilgan. Hammasi ayollardan birining qizi çet ellikka turmuşga çiqqani va onasiga Malayziyaga bepul sayohat taklif qilganidan boşlangan. Ayol özi bilan birga 25 yil davomida nogiron qizini parvarişlab kelayotgan qöşnisini, şuningdek, yana bir tanişini taklif qilgan.
Parvozga sanoqli daqiqalar qolganda ularga notaniş bir şaxs böş çemodan bergan. Kuala-Lumpurga uçib borganidan keyin ayollarni heç kim kutib olmagan. Şu vaqtda ular aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarining etiborini tortgan.
Tekşiruv davomida har bir çemodanda tört kilogrammdan metamfetamin – sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Suvonovning sözlariga köra, özlari bilmagan holda narkokurerlarga aylanib qolgan ayollar aynan şu tarzda eng oğir jinoyatlardan birida ayblanuvçi bölgan.
Suvanov Malayziyaga şaxsan özi borgan va qamoqxonada ayollar bilan körişgan. Uning sözlariga köra, ayollardan biri uçraşuv paytida xotirasida bir umrga muhrlanib qolgan gapni aytgan: “Siz, ehtimol, hayotimda körib turgan eng sönggi vatandoşimsiz”.
Öktam Suvonov ölim hukmi ijro etilgan-etilmagani haqida malumot bermagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida 2025 yilning aprel oyida janjal uyuştirgan 6 nafar Özbekiston fuqarosiga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.