Taniqli jurnalistni öldiriş uçun 150 ming yevro tölagan biznesmen uşlandi
Maltaning eng boy tadbirkorlaridan biri, Yorgen Fenek ustidan 2017 yilda taniqli suriştiruvçi jurnalist Dafne Karuana Galitsiyaning qotilligini uyuştirganlik ayblovi böyiça sud jarayoni boşlandi. Prokuratura malumotiga köra, Fenek jurnalistni öldiriş uçun uç nafar qotilga 150 ming yevro tölagan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 44 yoşli Fenek “Hilton Malta” mehmonxonasi va kazinosini öz içiga olgan yirik mulkçilik imperiyasi vorisi hisoblanadi. U sudda öziga qöyilgan ayblarni rad etib, özini aybsiz deb hisoblaşini bildirgan.
Dafne Karuana Galitsiya 2017 yil 16 oktyabr kuni uyidan çiqib ketayotganida avtomobiliga oldindan örnatilgan portlovçi moslama işga tuşirilişi oqibatida halok bölgan. Jurnalist korruptsiya, hukumat va yirik biznes vakillariga oid suriştiruvlari bilan tanilgan bölib, uning ölimi Malta va butun Yevropada katta şov-şuvga sabab bölgan.
Ayblov xulosasiga köra, qotillik rejasi 2017 yil aprelida tuzilgan. Prokuratura Fenek özining tanişi – taksiçi va bukmeker Melvin Teuma orqali qotillarni yollaganini, dastlab 30 ming yevro oldindan tölanganini takidlagan. Keyinçalik mamlakatda parlament saylovlari elon qilingaç, reja vaqtinça töxtatilgan, ammo saylovdan söng uni amalga oşirişga körsatma berilgan.
Tergov malumotlariga köra, Fenek jurnalist uning qarindoşi, keyinroq esa şaxsan özi haqida foş etuvçi material elon qiliş arafasida bölgani uçun qotillikni tezlaştirişni talab qilgan.
Fenek mazkur iş böyiça javobgarlikka tortilgan yetti kişidan sud oldiga çiqqan sönggi ayblanuvçi hisoblanadi. Avvalroq ulardan beş nafari aybdor deb topilgan, yana bir kişi esa tergovga hamkorlik qilgani evaziga avf etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al Arabiya” telekanalining Yamanda faoliyat yuritgan muxbiri Muhammad Ayda avtomobilga örnatilgan bomba portlaşi oqibatida halok bölgan edi.