AQŞdagi inson huquqlari taşkilotlari Tramp mamuriyatini sudga berdi
AQŞdagi 4 ta yirik inson huquqlari taşkiloti Tramp mamuriyatining Xalqaro jinoyat sudini zaiflaştirişga qaratilgan siyosati ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Human Rights Watç, Open Society Institute, American Friends Service Committee va Center for Constitutional Rights taşkilotlari Nyu-Yorkda bergan davo arizasida mamuriyatning Xalqaro jinoyat sudiga qarşi sanktsiyalar siyosatini konstitutsiyaga zid deb atagan.
Donald Tramp 2025 yilda AQŞ va uning ittifoqçisi Isroil rasmiylariga nisbatan iş yuritayotgan Xalqaro jinoyat sudi prokurorlari, sudyalari va sud bilan hamkorlik qilayotgan boşqa şaxslarga qarşi sanktsiyalar joriy etişga ruxsat beruvçi farmonni imzolagan. AQŞ va Isroil Xalqaro jinoyat sudi azolari hisoblanmaydi.
Inson huquqlari taşkilotlari sanktsiyalar ularga dunyo böylab genotsid, uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar böyiça adolatga erişiş maqsadida Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlik qilişga tösqinlik qilayotganini bildirgan.
Davogarlar nomidan iş yuritayotgan Foley Hoag LLP advokati Endryu Louenstaynning takidlaşiça, taşkilotlar sanktsiyalar rejimini bekor qilişni talab qilmoqda. Uning fikriça, bu siyosat prezident vakolatlaridan oşib ketgan hamda AQŞ va xalqaro qonunlarni, jumladan, söz va din erkinligi huquqlarini buzadi.
Mazkur davo inson huquqlari va Falastin masalalari böyiça faoliyat yurituvçi boşqa taşkilotlar ötgan oy Tramp mamuriyatiga qarşi bergan sud arizasidan keyin yuzaga kelgan. Öşa işga javoban AQŞ Davlat departamenti uşbu taşkilotlar Xalqaro jinoyat sudi vakolatlarini haddan taşqari kengaytirişga imkon berişga urinayotganini bildirgan va sud AQŞ suverenitetiga tahdid solişini takidlagan.
Bundan taşqari, Xalqaro jinoyat sudining 3 nafar sudyasi ham Tramp mamuriyatining sanktsiyalariga qarşi alohida sudga murojaat qilgan.
Malumot uçun, Trampning Xalqaro jinoyat sudiga qarşi pozitsiyasi uning prezidentlikdagi birinçi muddatidan boşlangan. U 2020 yilda ham sudga qarşi sanktsiyalar joriy etişni nazarda tutuvçi farmon çiqargan, biroq AQŞ sudi mazkur çoralarni tösib qöygan. Sudya farmon Birinçi tuzatiş bilan kafolatlangan huquqlarni buzişi mumkinligini bildirgan. Keyinçalik Jo Bayden mamuriyati 2021 yilda uşbu farmonni bekor qilgan.
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio ötgan oy Vaşington Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudini zaiflaştiriş böyiça say-harakatlarini kuçaytirişini malum qilgan. U boşqa davlatlarni ham suddan çiqişga köndirişga qaratilgan diplomatik kampaniya olib borilişini bildirgan.
Rubioning takidlaşiça, Xalqaro jinoyat sudi Tramp mamuriyatining qatiy migratsiya siyosatini amalga oşirayotgan AQŞ xodimlari, giyohvand moddalar olib ketayotganlikda gumon qilingan qayiqlarga qarşi zarbalarni amalga oşirayotgan harbiylar hamda boşqa AQŞ harbiy xizmatçilari uçun tahdid tuğdiradi.
Tramp esa 31 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi yiğilişida Rubio bergan malumotga munosabat bildirib, Xalqaro jinoyat sudiga qarşi kampaniya özini emas, Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu va boşqa şaxslarni himoya qilişga qaratilganini aytgan.