Bortida yuzdan ortiq yölovçi, önlab avtomobil va mototsikllar bölgan parom yonib ketdi
Bugun, 12 avgust kuni Bali qirğoqlari yaqinida yölovçi taşuvçi parom yonib ketdi. Bortda 130 ga yaqin odam bölgani xabar qilinmoqda. Hodisa joyida odamlarni evakuatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, “Putri Yasmin” yölovçi paromida yonğin Bali orolidagi Padangbay portidan Lombok orolidagi Lembar portiga qarab suzayotgan vaqtda çiqqan. Mahalliy hokimiyat malumotlariga köra, bortda 114 nafar yölovçi va 17 nafar ekipaj azosi bölgan.
Voqea joyida odamlarni evakuatsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Hozirça qurbonlar haqida malumot yöq. Yonğin sabablari hozirça aniqlanmagan.
“Times of India” naşrining aniqlik kiritişiça, qutqaruvçilar va yaqin atrofdan ötayotgan kemalar 106 kişini qutqarişga muvaffaq bölgan. Yana 25 kişini evakuatsiya qiliş operatsiyasi davom etmoqda. Balandligi 4 metrgaça yetayotgan kuçli tölqinlar qutqaruv işlarini qiyinlaştirmoqda.
Qayd etilişiça, paromda şuningdek 44 ta avtomobil va 53 ta mototsikl ham bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Indoneziyaning Şarqiy Yava provintsiyasidagi Surabaya şahridan Janubiy Sulavesidagi Makasarga yöl olgan, bortida 271 kişi bölgan yölovçi paromi yonib ketgandi. Oqibatda kamida 5 kişi halok bölib, önlab yölovçilar bedarak yöqolgan edi.