USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning yangi “biznesi” mojaroga sabab böldi

90 марта
Трампнинг янги “бизнеси” можарога сабаб бўлди

Amerikaning The Intercept naşri va Freedom of the Press Foundation (FPF) notijorat taşkiloti AQŞ Prezidenti Donald Tramp ustidan sudga davo arizasi kiritdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Malum qilinişiça, davogarlar Trampning Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi postlariga boşqalardan oldin kiriş imkonini beruvçi pullik Truth API xizmatini töxtatişni talab qilmoqda.

Davo arizasida aytilişiça, Truth API xizmati AQŞ Konstitutsiyasining birinçi va beşinçi tuzatişlarini buzadi. Çunki, uşbu xizmat obunaçilarga Donald Tramp hamda boşqa yuqori martabali amaldorlarning ommaviy bayonotlari va postlarini oddiy foydalanuvçilardan oldin köriş imkonini beradi.

Davogarlarning sözlariga köra, Tramp 2025 yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan buyon Truth Social’da 9 mingdan 11 mingtagaça post elon qilgan. Ayrim hollarda Trampning Truth Social’dagi postlari böyiça Oq uy alohida rasmiy bayonot bermaydi.

“Boşqaça aytganda, Prezident Trampning postlari hukumatga oid rasmiy yangiliklarni olişning yagona usuliga aylanib qolmoqda”, deyiladi davo arizasida.

Truth Social’ning boş kompaniyasi bölgan Trump Media & Teçnology Group (TMTG) Truth API xizmatini joriy yilning iyul oyi oxirida işga tuşirgan. Xizmatga obuna narxi oyiga 100 ming dollargaça etib belgilangan. Kompaniya malumotiga köra, obunaçilar Tramp va uning yaqinlarining yangi postlarini oddiy foydalanuvçilardan bir neça millisoniya oldin köriş imkoniyatiga ega böladi.

Davogarlarning fikriça, bu imkoniyat, ayniqsa, moliyaviy bozorlarda faoliyat yurituvçi kompaniyalar uçun katta ustunlik yaratadi. Çunki Trampning ayrim bayonotlari fond bozorlariga sezilarli tasir körsatişi mumkin.

TMTG boş direktori vazifasini bajaruvçi Kevin MakGernning malum qilişiça, Truth API xizmatiga allaqaçon 10 dan ortiq mijoz obuna bölgan. Ularning aksariyati fond va moliyaviy bozorlarda yuqori tezlikdagi savdo operatsiyalari bilan şuğullanuvçi kompaniyalardir. Şuningdek, suniy intellekt sohasidagi boşqa potentsial mijozlar bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.

Davogarlar Truth API’ni “korruptsion va Konstitutsiyaga zid sxema” deb atagan. Ularning fikriça, prezidentning ommaviy bayonotlariga pul evaziga imtiyozli kiriş huquqini sotiş AQŞ qonunçiligiga mos kelmaydi.

Mazkur holat Donald Trampning manfaatlar töqnaşuvi haqidagi bahslarni ham kuçaytirgan. Sababi Tramp Truth Social’ga egalik qiluvçi TMTG kompaniyasining eng yirik aktsiyadori hisoblanadi. Şu bois tanqidçilar prezidentning rasmiy bayonotlari tijoriy mahsulotga aylantirilayotgani haqida xavotir bildirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Amerika Prezidenti Donald Tramp uçinçi muddatga AQŞ Prezidenti lavozimiga nomzodini qöyişni xohlaşini aytgandi, biroq mamlakat qonunlari bu borada juda qatiy.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: