USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Markaziy Osiyoda blekaut. Nima böldi?

213 марта
Марказий Осиёда блэкаут. Нима бўлди?

Bugun, 14 avgust kuni Markaziy Osiyoning törtta mamlakatida – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonda keng kölamli elektr energiyasi uzilişlari yuz berdi.

Qozoğiston

Olmaota şahri va Olmaota viloyatining 10 ta tumanida qisman blekaut KEGOC kompaniyasiga tegişli bölgan 500 kVli L-5400, L-5300 va L-5320 uçta yuqori voltli elektr uzatiş tarmoğining avariyaviy öçişidan söng sodir böldi. Bu haqda “Alatau Jariq Kompaniyasi” xabar berdi.

Kompaniya malumotlariga köra, avariya mahalliy vaqt bilan soat 14:38 da yuz bergan. Tarmoqlar öçganidan söng “Alatau Jariq Kompaniyasi” tarmoqlarida avtomatik avariyaga qarşi tizim işga tuşgan, natijada istemolçilarning bir qismi çiroqsiz qolgan. Öçirilgan yuklama hajmi taxminan 300 MVtni taşkil etgan.

Qozoğiston Energetika vazirligi mamlakatdagi elektr uzilişlarini Markaziy Osiyo energetika tizimi tomonidan elektr energiyasi oqimining keskin özgarişi bilan izohlagan.

“Natijada avariyaga qarşi tizim işga tuşdi va bu Qozoğistonning ayrim hududlarida bir qator elektr energiyasi istemolçilarining uzilib qolişiga olib keldi”, deyiladi xabarda.

Hozirda tizim operatori “KEGOC” AJ tomonidan zarur qayta tiklaş işlari olib borilmoqda. Bazi hududlarda elektr taminoti allaqaçon tiklangan.

Qirğiziston

Bişkek aholisi ham elektr energiyasidagi uzilişlar haqida xabar berdi. Qirğiziston Energetika vazirligi malumotlariga köra, 14 avgust kuni soat 15:34 da Qozoğistondagi yuqori voltli tarmoqda taşqi öçiş sodir bölgaç, mamlakat energetika tizimi vaqtinçalik izolyatsiya qilingan rejimda işlaşga ötgan.

“Uziliş Qozoğiston energetika tizimining şimoliy va janubiy qismlarini boğlaydigan tarmoqda sodir böldi. Natijada Markaziy Osiyo birlaşgan energetika tizimi izolyatsiya qilingan energetika tuguniga ajralib çiqdi, avtomatik tizim esa uskunalarni saqlab qoliş uçun reglamentga muvofiq işga tuşdi”, deyiladi xabarda.

Tojikiston

Tojikiston OAVlari xabar berişiça, mahalliy vaqt bilan soat 15:15 larda Duşanbe, Kölob, Xöjand, Vahdat, Norak, Hisor, Şahrinav, Bobojon Ğafurov tumani, Roğun va bir qator boşqa hududlar aholisi elektr energiyasi öçirilganini malum qilgan. Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi sodir bölgan voqeaning aniq sababi hozirça aniqlanmaganini bildirgan.

Bir vaqtning özida Energetika vazirligi keng kölamli uzilişga göyoki “Norak” GESdagi avariya sabab bölgani haqida tarqalgan malumotlarni rad etgan.

“Norak” GESda göyoki sodir bölgan avariya haqidagi malumotlar heç qanday asosga ega emas”, deyiladi idora xabarida.

Özbekiston

Özbekistonda uzilişlar, asosan, Surxondaryo viloyatiga tasir körsatgan.

Özbekiston Energetika vazirligi qöşni davlat energetika tizimidagi avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga tasir körsatganini, oqibatda mintaqaning yagona energetika tizimi işida uziliş yuz berganini malum qilgan. Hozirda mutaxassislar sodir bölgan voqeaning sabablarini aniqlamoqda va oqibatlarini bartaraf etmoqda. Istemolçilarni elektr bilan taminlaş bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda, tarmoqlarga kuçlaniş ketma-ket berilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: